Avstraliyada mashhur teleshou asosida yaratilgan 400 ming dollarlik tangalar o‘g‘irlab ketildi
Umumiy og‘irligi 500 kiloga yaqin bo‘lgan tangalar ombordan o‘sha yerda ishlovchi erkak tomonidan o‘g‘irlangan bo‘lishi mumkin.

Foto: Getty Images
Avstraliya politsiyasi mashhur Bluey bolalar teleshousi asosida yaratilgan, cheklangan tirajdagi salkam 400 ming dollarlik tangalarni o‘g‘irlashda gumonlangan shaxsga ayblov e’lon qildi.
Politsiyaning ma’lum qilishicha, o‘tgan oyda G‘arbiy Sidneydagi ushbu erkak ishlagan ombordan 64 ming dona bir dollarlik Bluey tangalari o‘g‘irlangani to‘g‘risida murojaat kelib tushgan. Keyingi oydan umumiy foydalanishga chiqarilishi kutilgan tangalar nominal qiymatidan 10 barobar qimmat narxda sotiladi.
7 avgust kuni 47 yoshli Stiven Jon Nilson Sidneydagi uyida qo‘lga olingan. U bosqinchilik va g‘ayriqonuniy kirish bilan bog‘liq uchta band bo‘yicha ayblanmoqda. Parramatta sudi uning garov evaziga ozod qilinishiga ruxsat bermadi.
Politsiyaning ta’kidlashicha, tangalar ayblanuvchi ishlagan ombordagi yuk mashinasi ichidan o‘g‘irlanganidan bir necha soat o‘tib, internet orqali sotib yuborilgan. O‘g‘rilik sodir etilishidan oldin tangalar Brisbendagi omborga o‘tkazilishi kerak edi. Og‘irligi 500 kilogrammga yaqin bo‘lgan tangalarning yo‘qolgani oradan bir necha kun o‘tib ma’lum bo‘lgan.

Politsiyaga ko‘ra, ular 1000 donaga yaqin tangani topishga muvaffaq bo‘lgan, qolganlari esa umumiy foydalanishga chiqib ketgan.
Tangalarga Bluey multfilmidagi kabi Dollarbucks belgilari tushirilgan. Xillar itlari oilasi haqidagi mashhur shou Ludo animatsion shousi tomonidan yaratilgan bo‘lib, u Buyuk Britaniya, AQSh va Xitoy kabi dunyoning 60 dan ortiq mamlakatiga translatsiya qilinadi.
Tavsiya etamiz
Muddat qo‘yuvchi Tramp: buning oxiri bormi?
Jahon | 22:09 / 24.04.2025
Toshkentda avtomobilni ro‘yxatdan o‘tkazish uchun onlayn ariza berish mumkin bo‘ldi
O‘zbekiston | 20:34 / 24.04.2025
Stomatologiya poliklinikalari xususiylashtiriladi
O‘zbekiston | 10:56 / 24.04.2025
Bojxonadagi cheklovlar: fuqaro bojni to‘lay olmasa, nima bo‘ladi?
O‘zbekiston | 22:43 / 23.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Rossiya Bosh shtabi Kursk oblasti to‘la ozod etilgani haqida hisobot berdi
Jahon | 10:16
-
Ispaniya kubogi. "Barselona" 116-daqiqada "Real"ga gol urib, musobaqa g‘olibi bo‘ldi
Sport | 03:45
-
Kamayadigan bojsiz limit, sotiladigan zavodlar va Lavrovning nolishi - hafta dayjesti
O‘zbekiston | 23:15 / 26.04.2025
-
2024 yilning eng ochiq va eng yopiq davlat tashkilotlari ma’lum qilindi
O‘zbekiston | 21:57 / 26.04.2025
Mavzuga oid

14:55 / 28.03.2025
100 mln dollarlik qadimiy tangalar kolleksiyasi auksionga qo‘yiladi

18:25 / 10.02.2025
Tramp 1 sentlik tangalar zarb qilishni to‘xtatishni buyurdi

17:36 / 08.08.2023
Tilla, fuls, oq va qora tanga. Buxoro amirligi pul tizimi tarixi

22:37 / 08.12.2022