AQŞ prezidenti Donald Tramp moliya vaziri Skott Bessantga yangi 1 sentlik tangalar çiqarişni töxtatişni buyurdi. Bu haqda Tramp özining Truht Social ijtimoiy tarmoğidagi sahifasida yozib qoldirdi.

«Qöşma Ştatlar juda uzoq vaqtdan beri penni (1 sentlik tanga) zarb etib kelmoqda, ularning har biri tom ma’noda bizga ikki sentdan ortiqqa tuşmoqda. Bu katta isrofgarçilik!» — deydi Tramp budjet mablağlarining maqsadsiz sarflanişini töxtatişga çaqirib.

Biznesmen Ilon Mask rahbarlik qilayotgan Hukumat samaradorligi departamenti (DOGE) yanvar oyida 1 sentli tangani zarb qilişga uç sentdan ortiq mablağ sarflanişini ma’lum qilgandi. DOGE ma’lumotlariga köra, AQŞ zarbxonasi 2023-moliyaviy yilda 4,5 milliard penni çiqargan (jami tangalarning qariyb 40 foizi), bu esa soliq tölovçilarga 179 million dollarga tuşgan.

AQŞ zarbxonasi ma’lumotlariga köra, 2024 yilda 1 sentlik tangani tayyorlaş va tarqatişga 3,7 sent sarflanadi. Oxirgi bir neça yil içida penni zarb qiliş bir neça barobarga qimmatlaşgan — 2016 yilda 1 sentlik tangalarni işlab çiqarişga qariyb 1,5 sent sarflangan. Ötgan yillar davomida tanga işlab çiqarişda foydalaniladigan mis narxi ikki barobardan ortiqqa qimmatlaşgan.

1 sentlik tangalarni zarb qiliş töxtatilgan taqdirda ham ular muomalada qoladi.

Federal amaldorlar va iqtisodçilar oldin ham AQŞda 1793 yildan beri zarb qilib kelinayotgan 1 sentlik tangalar işlab çiqarilişini töxtatişga uringan. Ammo 1 sentdan voz keçiş serxarajat çoraga aylanişi mumkin, çunki tranzaksiyalar 5 sentgaça bölgan qiymatda yaxlitlanadi.

Penni — zarb qiliş öz nominalidan qimmatga tuşadigan Amerikadagi yagona tanga emas. AQŞ zarbxonasining ma’lum qilişiça, 2024 yilda 5 sentlik tangalarni tayyorlaş va tarqatişga qariyb 14 sent sarflangan.

AQŞ mis narxining oşişi tufayli oldin ham past nominalli tangalar zarb qilişdan voz keçgan. AQŞ Kongressi 1857 yilda u qadar ommalaşmagan yarim sentlik tangalarni çiqarişni töxtatgan, şuningdek, mis sarfini kamaytiriş maqsadida 1 sentlik tanga hajmini kiçraytirgan.