Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
BMTdagi doimiy vakil: Eronning ustuvor vazifasi - G‘azo okkupatsiyasiga chek qo‘yish va Isroilni jazolash
Eron G‘azo sektoridagi hujumlar to‘xtatilsa, Isroilga qarshi hujumlardan voz kechishi haqidagi da’volarga javob berdi.
Foto: Anadolu Agency
Eron blokadadagi G‘azo sektori okkupatsiyasini tugatish, Isroilni jazolash va bu davlat tomonidan hujumlar takrorlanishining oldini olishga ustuvor ahamiyat qaratmoqda.
Bu haqda Eronning BMTdagi doimiy vakili Said Iravoniy Tehron G‘azodagi hujumlarni to‘xtatsa, Isroilga hujum qilish niyatidan voz kechishi haqidagi iddaolarga izoh berar ekan, aytib o‘tdi.
«Bizning ustuvor vazifamiz hujumlarni butunlay to‘xtatish va G‘azo sektoridan okkupatsion kuchlar olib chiqib ketilishidir. Bundan tashqari, bizning ustuvor vazifamiz Hamas yetakchisi Ismoil Haniyaning o‘ldirilishida ishtirok etganlarni jazolashdir. Bizning yana bir ustuvor vazifamiz - Isroil rejimi tomonidan sodir etilgan teraktlar takrorlanishi oldini olish», dedi Iravoniy Al Jazeera telekanaliga.
Falastinning Hamas harakati siyosiy byurosi rahbari Ismoil Haniya Tehronda o‘ldirilganidan so‘ng Eron bunga javob qaytarishga va’da berdi. Biroq yaqinda ommaviy axborot vositalarida Tel-Aviv ma’muriyati G‘azoga hujum qilishni to‘xtatsa, Tehron Isroilga hujum qilish niyatidan voz kechishi da’vo qilingan.
Mavzuga oid
23:45 / 06.05.2026
Eron yana BAAga raketa otdi: Tehron Trampni mensimayaptimi?
21:16 / 06.05.2026
AQSh va Eron mojaroni to‘xtatish bo‘yicha memorandum imzolashga yaqin - OAV
09:52 / 06.05.2026
Tramp Ho‘rmuz bo‘g‘ozidagi «Ozodlik loyihasi» to‘xtatilishini ma’lum qildi
08:28 / 06.05.2026