Raqobat qo‘mitasi «Tok bor»ni ustun mavqega ega deb topdi
Raqobat qo‘mitasi «Tok bor» MChJning quvvatlash xizmatlarini ko‘rsatish bozoridagi ulushi 40 foizdan ortiqni tashkil etgani uchun ustun mavqega ega deb topdi. Endi kompaniya ustun mavqeyi tan olingan kompaniyalar reyestriga kiritilishi kerak. Shundan keyin tashkilot belgilaydigan narx nazoratga olinadi.
Raqobat qo‘mitasi tomonidan quvvatlash xizmatlarini ko‘rsatish bozorida tahlil o‘tkazilgan.
Xususan, “Tok bor” MChJning quvvatlash xizmatlarini ko‘rsatish bozoridagi ulushi 40 foizdan ortiqni tashkil etgani uchun tashkilotni ustun mavqega ega deb topish bo‘yicha qo‘mita raisining buyrug‘i chiqarildi.
Ma’lumot uchun, Raqobat to‘g‘risidagi qonunning 13-moddasi ko‘ra, tovar yoki moliya bozoridagi xo‘jalik yurituvchi sub’yektning yoxud shaxslar guruhining unga o‘z faoliyatini raqobatlashuvchi xo‘jalik yurituvchi sub’yektlarga bog‘liq bo‘lmagan holda amalga oshirish va raqobatning holatiga hal qiluvchi ta’sir ko‘rsatish, tegishli bozorga boshqa xo‘jalik yurituvchi sub’yektlarning kirishini qiyinlashtirish yoxud ushbu boshqa sub’yektlarning iqtisodiy faoliyat erkinligini boshqacha tarzda cheklash imkoniyatini beradigan holati ustun mavqeyidir.
Tovar yoki moliya bozorida quyidagilar ustun mavqe deb e’tirof etiladi:
- agar xo‘jalik yurituvchi sub’yektning yoki shaxslar guruhining raqobatchilari mavjud bo‘lmasa;
- agar xo‘jalik yurituvchi sub’yektning yoxud shaxslar guruhining bozordagi ulushi 40 foizni va undan ortiqni tashkil etsa;
- agar xo‘jalik yurituvchi sub’yekt yoki shaxslar guruhi tabiiy monopoliya sub’yekti deb e’tirof etilsa;
- agar xo‘jalik yurituvchi sub’yektga yoki shaxslar guruhiga muayyan tovarlarni ishlab chiqarish yoki realizatsiya qilish yoxud olish uchun qonunchilikda belgilangan tartibda mutlaq va (yoki) eksklyuziv huquq berilgan bo‘lsa.
Hozirda ustun mavqega ega bo‘lgan kompaniya mahsulot yoki moliya bozorida ustun mavqega ega bo‘lgan xo‘jalik yurituvchi sub’yektlarning davlat reyestriga kiritilishi kerak.
Reyestrga kiritilgan korxonalar monopoliyaga qarshi yuqori yoki monopolistik past narxlardan foydalanishga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha harakatlarini nazorat qilish maqsadida har chorakda monopoliyaga qarshi organga o‘zlari reyestrga kiritilgan xizmatlar turiga qo‘llanadigan narxlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni taqdim etadi.
Mavzuga oid
14:49 / 13.09.2024
Lacetti'dagi yong‘in sabab UzAuto Motors va uning dileriga ish qo‘zg‘atildi
22:25 / 10.09.2024
Olti turdagi muzqaymoqda ichak tayoqchasi guruhidagi bakteriyalar aniqlandi
11:58 / 04.09.2024
Akfa universiteti litsenziyaga ega bo‘lmagan ta’lim yo‘nalishiga talabalarni qabul qilgan
07:08 / 30.08.2024