Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Raytheon Germaniyaga Patriot uchun raketalar yetkazib beradi
Germaniyaga Patriot havo mudofaa tizimlari uchun GEM-T raketalarini yetkazib berish shartnomasi 478 million dollarga tushadi.
NATOning barqarorlik va ta’minot agentligi (NSPA) AQShning RTX korporatsiyasi tarkibiga kiruvchi Raytheon harbiy-sanoat kompaniyasi bilan Germaniyaga Patriot havo mudofaa tizimlari uchun qo‘shimcha GEM-T raketalarini yetkazib berish bo‘yicha 478 million dollarlik (438 million yevro) shartnoma imzoladi. Bu haqda 6 avgust kuni RTX matbuot xizmati ma’lum qildi.
Kelishuvlar doirasida Berlinning Ukrainaga raketalarni topshirgandan so‘ng o‘z zaxiralari to‘ldiriladi. «Daniya, Niderlandiya va Norvegiya Ukrainani kuchli qo‘llab-quvvatlab, ushbu xaridni moliyalashtirishda ishtirok etishga rozi bo‘ldi», deb xabar berdi korporatsiya.
Oldindan kelishilgan shartnoma tizimi
Mahsulotlarning «ko‘proq mavjudligi» va «oldindan kelishilgan shartnoma tizimi» bilan amerikalik yetkazib beruvchilar «nafaqat yevropalik hamkorlarning raketa inventarizatsiyasini yaxshiroq qo‘llab-quvvatlashi, balki ular bilan hamkorlikni, operativ o‘zaro ta’sirini va NATOga qo‘shgan hissasini mustahkamlashi mumkin bo‘ladi».
NSPA bosh direktori Steysi Kammings shunday dedi: «Ushbu shartnoma NSPA NATOning ko‘pmillatli xaridlar, qo‘llab-quvvatlash yetakchi tashkiloti sifatida Yevropa sanoat salohiyatini mustahkamlagan holda mamlakatlarga samarali va tejamkor yechimlarni taqdim etishini yana bir bor ko‘rsatadi».
GEM-T - Patriot Advanced Capability 2 raketalarini tutib oluvchi, taktik ballistik raketalarni nishonga olish uchun kengaytirilgan. Patriot zenit-raketa komplekslari 19 mamlakat, shu jumladan Ukraina uchun havo mudofaasining asosi bo‘lib, qanotli va ballistik raketalardan, shuningdek, dushman dronlari va samolyotlaridan himoya qilish uchun ishlatiladi.
Raytheon integratsiyalashgan havo va raketalarga qarshi mudofaa, "aqlli" qurollar, raketalar, ilg‘or sensorlar va radarlar, tutib oluvchilar, kosmik tizimlar va gipertovush sohasidagi eng yangi texnologiyalarni ishlab chiqmoqda.
AQShning uzoq masofali raketalarini Germaniyada joylashtirish
NATOning iyul oyida Vashingtonda bo‘lib o‘tgan sammitida Qo‘shma Shtatlar va Germaniya GFR hududida Amerika uzoq masofali raketalari joylashtirilishini e’lon qildi. Qo‘shma Shtatlar Rossiyani tiyib turish va NATOdagi sheriklarini himoya qilish uchun 2026 yildan boshlab Germaniyada SM-6 zenit raketalarini, Tomahawk qanotli raketalarini va eksperimental gipertovushli qurol tizimlarini «hozir Yevropada mavjud bo‘lganlardan ko‘ra ko‘proq yo‘q qilish diapazoni bilan» joylashtiradi», deya xabar qildi Oq uy. Tomahawk raketalari 2500 kilometrgacha bo‘lgan masofadagi nishonlarni urib tushirishga qodir.
Iyul oyida, shuningdek, strategik havo mudofaa tizimlari sifatida Kiyev AQSh, Germaniya va Ruminiyadan to‘rtta qo‘shimcha Patriot zenit-raketa majmuasini, Niderlandiya va boshqa sheriklardan ushbu tizimlar uchun komponentlarni, Italiyadan bitta SAMP-T tizimini olishi ma’lum bo‘ldi.
Ittifoqchilar kelgusi oylarda taqdim etmoqchi bo‘lgan havo hujumidan mudofaa taktik imkoniyatlariga NASAMS, HAWK, IRIS T-SLM, IRIS T-SLS va Gepard tizimlari kiradi.
Mavzuga oid
12:02 / 24.02.2025
Tramp Germaniyadagi saylovlarning dastlabki natijalariga munosabat bildirdi
10:38 / 24.02.2025
Germaniyada parlament saylovlari. Konservativlar birinchi o‘rinni egalladi
10:01 / 24.02.2025
Mers Germaniyada hukumatni tezroq shakllantirishga chaqirdi
09:10 / 24.02.2025