Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
YeI Ukrainaga Rossiya bilan mojaro boshlanganidan beri 108 mlrd yevrolik yordam ko‘rsatdi
Bryussel kerak bo‘lgancha Ukrainani qo‘llab-quvvatlaydi, dedi Ursula fon der Lyayyen.
Foto: Getty images
Yevropa Ittifoqi Ukrainaga Rossiya Federatsiyasi bilan mojaro boshlanganidan beri umumiy qiymati 108 milliard yevro miqdorida moliyaviy, gumanitar va harbiy yordam ko‘rsatdi.
Bu haqda Yevrokomissiya raisi Ursula fon der Lyayyen X ijtimoiy tarmog‘ida yozdi.
Siyosatchi mojaroning birinchi kunidanoq Bryussel Kiyevga yaqin bo‘lganiga e’tibor qaratdi. «Yevropa Ittifoqi va unga a’zo davlatlar Ukrainaga taxminan 108 milliard yevro miqdorida yordam ko‘rsatdi», dedi Ursula fon der Lyayyen.
Yevrokomissiya rahbari Kiyev bu mojarodan g‘olib sifatida chiqib ketishiga ishonch bildirdi.
«Yevropa Ittifoqi Ukraina va uning xalqini kerak bo‘lgancha qo‘llab-quvvatlashda davom etadi», - dedi u.
YeI ma’lumotlariga ko‘ra, e’lon qilingan mablag‘ning 52 milliard yevrosi Kiyev uchun moliyaviy, budjet va gumanitar yordamga, 39 milliard yevrosi harbiy yordamga sarflangan. Yevropa Ittifoqi davlatlarida boshpana topgan ukrainaliklar uchun 17 milliard yevro yo‘naltirilgan.
Mavzuga oid
19:41 / 05.05.2026
Ukraina Chuvashiyaga raketa va dronlar bilan hujum qildi
07:38 / 05.05.2026
Rossiya va Ukraina vaqtinchalik sulh e’lon qildi
21:06 / 04.05.2026
Yevropaliklar Rossiya ikki yil ichida NATO davlatiga hujum qilishga urinishini taxmin qilmoqda
09:23 / 04.05.2026