Bilim va malakalarni baholaş agentligi ötkazgan matbuot anjumanida huquq fanidan tuşgan savollar mavzusi kötarildi. Mas’ullarga aynan huquqşunoslik fanidan test tuziş muammoli emasmi degan savol ham berildi. Buni agentlik boşqarma boşliği Zafarbek Olimbekov quyidagiça izohladi.
“Men fanlar doirasiga huquqşunoslik fanini kiritiş masalasi muammoli deb hisoblaganman. Çunki testologiyaning qonun-qoidasiga köra, biz bola öqimagan mavzu böyiça unga savol berişimiz mumkin emas. Lekin huquqşunoslik – juda tez özgaruvçi fan. Dastur böyiça bola 9-sinfda boşqa konstitutsiyani öqidi, maktabni bitirayotganida konstitutsiya almaşdi. U boladan biz eskisini emas, yangi konstitutsiyani sörayapmiz-da. Mana şu joyda ham huquqşunoslik fani testologiya qoidalariga zid kelayotganini körsatyapti. Çunki bola öqigan dastur özgarmasa-da, u öqigan bilimning mazmuni özgarib ketyapti.
Nima sababdan özgartiryapmiz, çunki qonun hujjatlarida ortga qaytiş yöq. Bola mana şu qonunni öqib öqişga kirmasa, kuçdan qolgan yuridik qonunni öqişidan unga nima naf? Balki Adliya vazirligi odamlar, ota-onalar, yoşlar örtasidagi ijtimoiy özgarişlarga asoslanib bunga boşqaça yondaşişi kerakdir. Bu esa bizning vakolatimizdan taşqaridagi narsa”, – dedi u.
Avvalroq huquq fanidan test topşirgan abituriyentlar Bilimlarni baholaş agentligi darslikka kiritilmagan savollardan foydalangani, testlarda töğri javoblar soni bir neçta ekani, imtihondagi testlar namunaviy testlardan farq qilganidan şikoyat qilişgan edi.












