Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Siz – yurtimizning haqiqiy qahramonlarisiz!» – Saida Mirziyoyeva Ulug‘bek Rashitov va Hasanboy Do‘smatovni tabrikladi
“8 avgust o‘zbek sporti uchun chinakam oltin kun bo‘ldi. Ikki nafar sportchimiz ikki karra Olimpiada chempioni bo‘ldi! Ulug‘bek Rashitov, Hasanboy Do‘smatov, Siz – yurtimizning haqiqiy qahramonlarisiz!” - deya ma’lum qildi Saida Mirziyoyeva.
O‘zbekiston prezidenti yordamchisi Saida Mirziyoyeva Parijda o‘tayotgan Olimpiya o‘yinlarida oltin medalni qo‘lga kiritgan Ulug‘bek Rashitov va Hasanboy Do‘smatovni tabrikladi.
“8 avgust o‘zbek sporti uchun chinakam oltin kun bo‘ldi. Ikki nafar sportchimiz ikki karra Olimpiada chempioni bo‘ldi! Ulug‘bek Rashitov, Hasanboy Do‘smatov, Siz – yurtimizning haqiqiy qahramonlarisiz!” - deydi Saida Mirziyoyeva.
Ma’lumot uchun, avvalroq O‘zbekiston delegatsiyasi Parijdagi yozgi Olimpiya o‘yinlarida navbatdagi oltin medalini qo‘lga kiritgandi.
Taekvondo bahslarida -68 kg vaznda Ulug‘bek Rashitov qatorasiga ikkinchi Olimpiadada tengsiz bo‘ldi. Bungacha Tokio Olimpiadasi chempioni bo‘lgan o‘zbekistonlik sportchi finalda iordaniyalik Zaid Karim bilan bellashdi va 2:0 (5:4, 3:1) hisobida g‘alabaga erishdi.
Shuningdek, yozgi Olimpiya o‘yinlarida O‘zbekiston delegatsiyasi boks bo‘yicha dastlabki medalini qo‘lga kiritdi.
-51 kg vaznda Hasanboy Do‘smatov finalda fransiyalik Bilol Bennamaga qarshi ringga ko‘tarilib, 5:0 hisobida g‘alaba qozondi va ikki karra Olimpiada chempioniga aylandi.
Ushbu bokschi Rio-2016 olimpiadasida ham tengsiz bo‘lgandi.
Mavzuga oid
22:09 / 12.06.2026
Saida Mirziyoyeva Amir Temur haqidagi “Adolat fasli” spektakliga yuqori baho berdi
15:12 / 09.06.2026
Amerika biznesi O‘zbekiston loyihalariga qiziqishni kuchaytirmoqda - Saida Mirziyoyeva
17:54 / 06.06.2026
Qo‘g‘irchoq teatri san’ati an’analarini asrab qolish alohida ahamiyatga ega – Saida Mirziyoyeva
17:36 / 05.06.2026