Postkovid sindromi nima?
Jahon soğliqni saqlaş taşkiloti (JSST) ma’lumotlariga köra, dunyoda kovid bilan kasallanganlar soni 774,1 mlnga yetgan. Şundan 673,2 mln kişi töliq tuzalgan. 7,0 mln odam esa vafot etgan. Özbekistonda esa bu körsatkiç mos ravişda 238 818 nafar, 236 999 nafar va 1 637 nafarni taşkil qiladi.
Xalqaro ekspertlar tomonidan ötkazilgan tadqiqot natijalariga köra, pandemiyaning dastlabki 2 yili davomida dunyoda 145 mlnga yaqin kişi “postkovid sindromi” bilan kasallangan. Bu esa koronavirusdan tuzalgan bemorlarning taxminan 20 foizini taşkil etgan.
Ma’lumot uçun, postkovid sindromi bu – ba’zi kişilarda kovid kasalligidan keyin kuzatiladigan uzoq muddatli simptomlar yiğindisi. Uni boşdan keçirayotganlar özlarini ba’zan “çözilgan kovid”dan aziyat çekayotganlar deb ta’riflaşadi. Postkovid sindromi 200 dan ortiq simptomlarni öz içiga oladi va köp organlar faoliyatiga ta’sir körsatişi mumkin. Umumiy simptomlarga çarçoq, böğim va muşaklar oğriqlari, nafas qisilişi, kognitiv disfunksiya va odatda kundalik faoliyatga ta’sir qiladigan boşqa bir neçta simptomlar kiradi.
Postkovid sindromining qator rivojlangan mamlakatlar ijtimoiy-iqtisodiy sohalariga ta’siri örganilganda, mehnat bozoriga va umuman iqtisodiy ösişga sezilarli ta’sir körsatganini kuzatiş mumkin. Bu holat ijtimoiy yordamga muhtoj aholi qatlami kengayişiga, nogironlar soni ortişiga olib keladi va soğliqni saqlaş tizimiga budjetdan qöşimça mablağlar ajratilişini talab qiladi.
Suyak böğimi yemirilişi sezilarli ortgan
Kovid asoratlaridan biri hisoblangan suyak böğimlari yemirilişi kuzatilgan bemorlar soni ham sezilarli darajada köpayyapti. Xalqaro ekspertlarning izlanişlariga asosan, osteoporoz (suyak töqimasi ziçligining pasayişi) kovid taşxisi qöyilgan bemorlarning 8,6 foizida kuzatilgan. Uşbu holat nafaqat katta yoşli bemorlarda, balki mehnatga layoqatli aholida ham uçramoqda. Buning natijasida, osteoporoz kasalligini davolaş uçun jami xarajatlar 2021 yildagi 12,2 mlrd dollardan 2030 yilga kelib 17,1 mlrd. dollarga yetişi kutilmoqda
JSST ma’lumotlariga köra, osteoporoz kasalligi yuqumli bölmagan kasalliklar orasida yurak qon-tomir kasalliklari, saraton va qandli diabet kasalligidan keyin xavflilik darajasi böyiça 4-örinda turadi va bu kasallikdan har yili dunyo böyiça 8,9 mlndan ziyod odam aziyat çekmoqda, natijada har uç soniyada bitta odam osteoporotik suyak sinişiga duç keladi.











