Suyak yemirilişi yoki mörtlaşişi asosan 45-50 yoşdan söng kuzatiladigan kasallik bölib, tibbiyot tilida osteoporoz deb yuritiladi. Kasallik uzoq vaqt yaşirin keçişi, insonni heç qanday belgilar bezovta qilmasligi mumkin. Faqat ba’zi-ba’zida bemorning beli simillab oğriydi. Osteoporoz, ayniqsa, son, yelka oldi suyaklari va umurtqalarni zararlaydi. Inson umurtqaning bel va dumğaza qismida, kurak orasida oğirlik hissi, muşaklarda oğriq sezadi.
Respublika ixtisoslaştirilgan travmatologiya va ortopediya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi direktori Murod Irismetovning ta’kidlaşiça, bu oğir kasallik tibbiyotda son suyagi boşçasining avaskulyar osteonekrozi deb ham ataladi. U suyak töqimasida qon oqimi vaqtinça yoki doimiy buzilişi oqibatida yuzaga keladi. Ya’ni, tanamizdagi suyaklar bir-biridan toğay bilan ajralib turadi. Yuzalari böğim paylari bilan mustahkamlangan. Ular harakat çoğida yuzaga keladigan taşqi zarbalarga qalqon böladi.
Böğimlar içki qavati esa maxsus parda bilan qoplangan bölib, özidan suyuqlik çiqarib turadi va şu tufayli böğimlar elastikligi ortadi hamda harakat-tayanç vazifasini ötaydi. Son suyagi boşçasi tananing şu qismidan ötgan bitta arteriya bilan oziqlanadi. Agar unga qon borişi buzilsa yoki töxtasa, böğimlar kislorod va boşqa hayotiy zarur moddalarga töyinmasligi oqibatida nekroz, ya’ni hujayra va töqimalar nobud bölişi jarayoni boşlanadi. Nekroz öçoği kattalaşgani sayin son suyagi boşçasi öz mustahkamligini yöqotib, tana oğirligiga bardoş berolmay qoladi.
Şuningdek, osteoporoz tana oğirligini uşlab turuvçi böğimlarni zararlaydi. Bundan, ayniqsa, tos suyagi va tizza böğimlari aziyat çekadi. Insonning harakatlanişi çeklanadi. Oyoqlarda oğriq seziladi. Bu ham kasallikning nişonasi hisoblanadi.
Bundan taşqari, bukçayib yuriş, tomir tortişişi, tez çarçaş, parodontoz (milk kasalligi), behollik, yurakning tez urişi, tişlarda karaş paydo bölişi, tirnoqlarning sinuvçanligi, soçlarning erta oqarişi ham kasallikning belgilariga kiradi.

Kamharakatlilik — kasallikning asosiy sababçisi
Kasallik quyidagi sabablar natijasida kelib çiqişi mumkin:
- Kamharakatlilik.














