Inson organizmida ikki turdagi hujayralar örtasida muvozanat buzilganda osteoporoz rivojlanadi: suyaklarni şakllantiruvçi osteoblastlar va ularni parçalovçi osteoklastlar. Osteoklastlar skelet tuzilişini özgartirib, uning mustahkamlanişiga yordam beradi. Biroq osteoklastlar soni osteoblastlardan oşib ketganda, suyak töqimasi yöqola boşlaydi. Natijada suyaklar mörtlaşib, zaiflaşadi.

Hozirgi kunda uşbu kasallikni davolaş uçun eski suyak töqimasining yemirilişini sekinlaştiradigan yoki yangi suyak töqimasining şakllanişini tezlaştiradigan dori vositalari qöllanadi. Ammo bunday dorilarning ta’siri faqat 12 oydan söng namoyon bölişi mumkin. Bu davrda bemor jiddiy jarohatlar olişi xavfi bor. Şuningdek, dorilarining nojöya ta’sirlari bölişi ham mumkin, ba’zi odamlarga esa ular umuman ta’sir qilmaydi.

Muammoni hal qiliş uçun Şveytsariyaning EPFL universiteti olimlari maxsus gidrogel yaratdi, deb xabar bermoqda New Atlas. Bu modda tarkibida organizmning biriktiruvçi töqimasi tomonidan işlab çiqariladigan gialuron kislotasi hamda suyaklarning asosiy quriliş materiali hisoblanadigan gidroksiapatit nanozarraçalari mavjud.

Laboratoriya sinovlarida gel suyak massasini yöqotayotgan kalamuşlarga yuborildi. 2-4 hafta içidayoq inʼeksiya qilingan joylardagi suyak töqimasining ziçligi 2-3 barobar oşdi. Yana bir guruh kalamuşlarda esa avvaliga suyak töqimasi hosil bölişini rağbatlantiradigan standart gormonal muolaja ötkazildi. Söng ularga suyaklarning yemirilişini sekinlaştiradigan preparat bilan aralaştirilgan gidrogel yuborildi. Natijada uşbu hayvonlarda suyak töqimasining ziçligi 4,8 barobarga oşdi.

Bunday yondaşuvda gormonlarning salbiy ta’siri saqlanib qolişi mumkin bölsa-da, muolaja eski davolaş usuliga nisbatan ança qisqa muddatda samara beradi. Gel nazorat organlari tomonidan tasdiqlansa, olimlar uni odamlarda sinab körişni rejalaştirmoqda.

Avvalroq AQŞning Stanford universiteti olimlari qoqşolga qarşi emlaş uçun krem işlab çiqargandi. Vaksinaning asosini inson terisida uçraydigan bakteriya taşkil etadi. U siçqonlarda sinab körildi.