Xitoyda eng katta yuk tashuvchi dron sinovdan o‘tkazildi
Uchuvchisiz boshqariladigan uchish qurilmasining qanotlari kengligi 16,1 metrni, balandligi esa 4,6 metrni tashkil etadi.
Xitoyda dunyodagi eng katta yuk tashuvchi dron sinovdan o‘tkazildi, deb xabar beradi Reuters. Uchuvchisiz boshqariladigan uchish qurilmasining qanotlari kengligi 16,1 metrni, balandligi esa 4,6 metrni tashkil etadi.
Mazkur dron Xitoy hukumati tomonidan moliyalashtiriladigan Sichuan Tengden Sci-tech Innovation Co. kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan. «Tengden tomonidan yaratilgan uchuvchisiz boshqariladigan uchish apparati dunyodagi eng mashhur yengil samolyot — to‘rt o‘rindiqli Cessna 172 dan biroz katta», — deyiladi xabarda.
Ta’kidlanishicha, dronning sinov parvozi 20 daqiqaga yaqin davom etgan. Yoz faslining boshlarida ham xitoyliklar yana bir yuk tashruvchi dronni sinovdan o‘tkazgandi — AVIC kompaniyasining HH-10 uchuvchisiz boshqariladigan uchish apparati. U 700 kilogrammga yaqin yukni 520 kilometr radiusga tashiy oladi.
Xitoyda havo makonidagi cheklovlar olib tashlanayotgani bois mamlakat transport kompaniyalari havo taksilari bilan birga, uchuvchisiz boshqariladigan uchish apparatlari ishlab chiqarilishini ham rag‘batlantirmoqda. Mahalliy aviatsiya regulyatori prognozlariga ko‘ra, 2030 yilga borib, ushbu sohaga yo‘naltirilgan mablag‘lar 279 milliard dollarga yetadi — bu 2023 yil bilan taqqoslaganda to‘rt barobarga ko‘p demak.
«Xitoyda uchuvchisiz boshqariladigan uchish apparatlari yordamida tijoriy yetkazib berishlar boshlangan», — deb yozadi Reuters. Xususan, may oyidan Phoenix Wings kompaniyasi Xaynan orol viloyatidan Fengzhou-90 dronlari yordamida mevalarni Guandunga yetkazib berishni boshlagan.
Mavzuga oid
15:18
«Qarz qopqoni»: Xitoy tasarrufiga o‘tgan Shri Lanka porti
08:08 / 09.11.2024
Xitoy O‘zbekistonda mehnat migrantlari malakasini oshirish markazlarini ochadi
20:57 / 08.11.2024
Xitoy iqtisodiy o‘sishni rag‘batlantirish uchun trillion dollar ajratdi
17:44 / 08.11.2024