Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh bozordagi monopol mavqeyi sabab Google’ni bo‘lib tashlashni rejalashtirmoqda
Agarda bu amalga oshsa, Google bozorni monopollashtirishda ayblanib, so‘nggi 40 yilda bo‘lib tashlangan birinchi yirik Amerika kompaniyasi bo‘ladi.

Foto: Unsplash
AQSh monopoliyaga qarshi kurashish idoralari Google korporatsiyasini bir nechta alohida kompaniyaga bo‘lib tashlash imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda.
Gap Chrome internet-brauzeri, Android operatsion tizimi va AdWords kontekst reklama tizimi haqida ketmoqda. Agarda bu amalga oshsa, bozorni monopollashtirishda ayblanib, bo‘lib tashlangan so‘nggi 40 yilda birinchi yirik Amerika kompaniyasi bo‘ladi.
5 avgust kuni AQShning Kolumbiya okrugi sudi federal sudyasi Amit Mexta Google kompaniyasi onlayn qidiruv tizimi bozoridagi monopoliyasini saqlab qolish uchun noqonuniy faoliyat yuritgani to‘g‘risida qaror chiqardi. Google apellyatsiya berish niyatida, ammo Mexta ishning keyingi bosqichiga tayyorgarlik ko‘rishni buyurdi, bunda hukumatning raqobatni tiklash bo‘yicha takliflari ko‘rib chiqiladi.
Shundan so‘ng Adliya vazirligi Google’ni bo‘lib yuborish bo‘yicha talab qo‘yish imkoniyatini faol ko‘rib chiqa boshladi. Vazirlik asosan, dunyoda 2,5 milliarddan ortiq qurilmada foydalaniladigan Android operatsion tizimini alohida kompaniyaga ajratish g‘oyasini muhokama qilmoqda.
Sud qarorida keltirilishicha, Google’ga egalik qiluvchi Alphabet INC kompaniyasi boshqa texnologik gigantlarga o‘z qidiruv tizimi smartfon va brauzerlarga standart variant sifatida o‘rnatilishi uchun 26 milliard dollar to‘lagan, bu orqali kompaniya raqobatchilarining bozorda muvaffaqiyatga erishishiga imkoniyat qoldirmagan.
The New York Times’ning yozishicha, mazkur qaror hukumatning monopoliyaga qarshi boshqa, masalan, Apple, Amazon va Meta’ga nisbatan da’volariga jiddiy ta’sir ko‘rsatgan. Texnologik kompaniyaga qarshi oxirgi antimonopol qaror Microsoft’ga nisbatan 1998 yilda qabul qilingan. Ta’kidlanishicha, Google’ning monopolist deya tan olinishi yirik texnologik kompaniyalar hukmronligiga chek qo‘yishning boshlanishi bo‘lishi mumkin.
Tavsiya etamiz
Navoiyni kimlar zaharlayapti? – ekologiya vaziri izoh berdi
O‘zbekiston | 11:23 / 25.07.2025
Ishdagi ishqning yakuni: selektorda “qo‘lga tushgan” amaldor ishdan olindi
O‘zbekiston | 10:42 / 25.07.2025
Fransiya Falastin davlatini tan oladi - Makron
Jahon | 09:46 / 25.07.2025
Nihoyat: kelayotgan haftada salqin havo oqimi kirib kelishi kutilmoqda
O‘zbekiston | 20:03 / 24.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Maldiv – Muslim friendly formatida dam olish uchun ideal tanlov
Jamiyat | 19:00 / 25.07.2025
-
Andijondagi fabrika oqova suvlari bilan kanalni ifloslantirdi
Jamiyat | 23:09 / 26.07.2025
-
iPhone va avtosug‘urtada yangi narxlar, Navoiyda qalin smog - hafta dayjesti
O‘zbekiston | 22:40 / 26.07.2025
-
Yaponiya ayollarning umr ko‘rish davomiyligi bo‘yicha navbatdagi rekordni o‘rnatdi
Jahon | 22:38 / 26.07.2025
Mavzuga oid

19:20 / 19.07.2025
Google telefondagi zilzila haqida ogohlantirish tizimi qanday ishlashini tushuntirdi

21:41 / 15.07.2025
Google gidroelektr energiyasi bo‘yicha dunyodagi eng yirik shartnomani imzoladi

18:22 / 10.07.2025
Google sun’iy intellekti «barcha kasalliklar muammosini hal qiladi»

17:54 / 20.05.2025