Turkiya turist sifatida kelgan fuqarolarga yashash guvohnomasini bermaydi
Dunyoning 95 ta davlati fuqarolari Turkiyaga vizasiz kirishlari va mamlakatda olti oygacha qolishlari mumkin.
Turkiya IIV rahbari Ali Yerlikaya mamlakat hukumati turistik maqsadlarda kelgan fuqarolarga yashash guvohnomasini bermasligini ma’lum qildi.
Vazirning so‘zlariga ko‘ra, dunyoning 95 ta davlati fuqarolari Turkiyaga vizasiz kirishlari va mamlakatda olti oygacha qolishlari mumkin, ammo turistik maqsadlarda keluvchilar yashash guvohnomasini so‘rab murojaat qila olmaydi.
«Agarda siz turist sifatida kelgan bo‘lsangiz «Cho‘pon bo‘lib ishlamoqchiman», deya olmaysiz. Vataningizga qayting, u yerda ishga joylashish ruxsatnomasini olish uchun ariza bering va biz sizni baholaymiz. O‘z niyatlaringiz haqida ayting va biz sizlarga unga mos ravishda yashash guvohnomasini beramiz», — deydi Yerlikaya.
Sabah’ga bergan intervyusi davomida vazir migratsiya sohasidagi boshqa tashabbuslar haqida ham gapirgan. Xususan, Turkiya hukumati mamlakatga keladigan har bir xorijlikdan majburiy ravishda barmoq izlarini olishni rejalashtirmoqda. Uning so‘zlarig ko‘ra, Buyuk Britaniya yoki AQShdagi kabi «kelajak»da Turkiyada ham barmoq izlarini olish boshlanadi.
Bundan tashqari, Yerlikayaning qo‘shimcha qilishicha, yashash guvohnomasini rasmiylashtirish soddalashtiriladi — uni notarius orqali olsa bo‘ladi. Xorijlik talabalar o‘z universitetlarida ushbu ruxsatnomani olishlari mumkin.
Turkiya IIV rahbari o‘z intervyusining asosiy qismini mamlakatda yashayotgan suriyaliklarga qaratdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Turkiyada 4,4 million xorijlik ro‘yxatdan o‘tkazilgan bo‘lib, ularning 3,1 million nafarini Suriya fuqarolari tashkil etadi. Turkiyadagi suriyaliklarning uchdan bir qismi (1,1 million) yashash guvohnomasiga ega, 224 ming nafari esa xalqaro himoya ostida.
Mavzuga oid
16:43 / 06.11.2024
Erdo‘g‘an turkiyzabon davlatlarni umumiy alifboga o‘tishga chaqirdi
18:48 / 05.11.2024
Green Card uchun onlayn ro‘yxatdan o‘tish 2 kunga uzaytirildi
18:09 / 05.11.2024
Turkiya Qirg‘izistonning tashqi qarzidan kechdi
09:50 / 04.11.2024