Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Mirziyoyev Putin bilan telefon orqali muloqot qildi
O‘zbekiston va Rossiya yetakchilari ikki tomonlama munosabatlarning dolzarb masalalarni muhokama qildi.
15 avgust kuni prezident Shavkat Mirziyoyevning Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan telefon orqali muloqoti bo‘lib o‘tdi.
O‘zbekiston bilan Rossiya o‘rtasidagi ko‘p qirrali hamkorlikni yanada kengaytirish, keng qamrovli strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini chuqurlashtirish masalalari ko‘rib chiqildi.
O‘zbekiston va Rossiya prezidentlari joriy yilning 26-28 may kunlari Putinning O‘zbekistonga davlat tashrifi davomida erishilgan kelishuvlar ijrosining borishini muhokama qildi.
Tovar ayirboshlash hajmini oshirish, ikki mamlakat yetakchi korxonalari va hududlari o‘rtasidagi kooperatsiya aloqalarini rivojlantirish, qo‘shma investitsiya loyihalari va gumanitar dasturlarni amalga oshirish bo‘yicha muvofiqlashtirilgan choralar ko‘rish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Suhbat chog‘ida bo‘lajak ikki va ko‘p tomonlama tadbirlar rejasi ham ko‘rib chiqildi.
Mavzuga oid
19:22 / 23.03.2026
Yevropa Ittifoqi Putinni migratsiyaning «asosiy harakatlantiruvchi kuchi» deb atadi
10:20 / 23.03.2026
WP: Orbanga yaqin shaxslar YeI yig‘ilishlari haqida Moskvaga axborot bergan
09:29 / 23.03.2026
Pistorius: Rossiyaga nisbatan sanksiyalarni yumshatish mumkin emas
16:20 / 21.03.2026