Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Eron G‘azoda genotsidning oldini olish uchun qo‘shma sa’y-harakatlar muhimligini bildirdi
Bir kun avval Dohada G‘azoda o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha muzokaralarning yangi bosqichi Hamas ishtirokisiz boshlandi.
Foto: Anadolu Agency
Eron tashqi ishlar vaziri vazifasini bajaruvchi Ali Bag‘iriy blokadadagi G‘azo sektorida Isroil tomonidan sodir etilgan genotsid jinoyatlarini to‘xtatish uchun birgalikdagi sa’y-harakatlarni davom ettirish muhimligini aytdi.
X ijtimoiy tarmog‘ida e’lon qilingan xabarda Bag‘iriy Qatar tashqi ishlar vaziri Muhammad bin Abdel Rahmon Al Tani bilan telefon orqali muloqot qilganini aytdi.
Uning qayd etishicha, Qatar vaziri bilan suhbat chog‘ida Isroilning G‘azo sektoriga hujumlarini to‘xtatish bo‘yicha Dohada o‘tkazilgan muzokaralar borishi yuzasidan fikr almashilgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, Al Tani muzokaralarning ushbu bosqichi natijalarini «nozik» deb atadi.
Bag‘iriy Isroil tomonidan G‘azo sektorida sodir etilgan genotsid jinoyatlariga barham berish uchun birgalikdagi sa’y-harakatlarni, jumladan, diplomatik tashabbuslarni davom ettirish zarurligini ta’kidladi.
Bir kun avval Dohada G‘azoda o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha muzokaralarning yangi bosqichi Hamas ishtirokisiz boshlandi.
Mavzuga oid
20:50 / 28.01.2026
Tramp Eronni ogohlantirdi: «Vaqt tugab bormoqda»
00:25 / 26.01.2026
Erondagi norozilik namoyishlar vaqtida 30 ming kishi halok bo‘lgan – OAV
15:42 / 24.01.2026
Tramp: AQSh harbiy kemalari Eron tomon yo‘l olmoqda
20:32 / 22.01.2026