Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonlik haydovchi Toyota avtomobillarini hojatxona qog‘oziga o‘rab bojxonadan o‘tkazmoqchi bo‘ldi
Belarus-Litva chegarasida hojatxona qog‘oziga o‘ralgan uchta Toyota Land Cruiser avtomobili aniqlandi.
O‘zbekiston fuqarosi hojatxona qog‘oziga yashirib qo‘yilgan uchta Toyota Land Cruiser avtomobilini Belarusga olib kirishga urindi. U Litva bojxonachilari tomonidan to‘xtatildi, deb xabar berdi Media-Polese.
Qayd qilinishicha, MAN yuk mashinasi «Medininkay» nazorat punktiga 10 avgust kuni ertalab yetib borgan. Haydovchi O‘zbekiston fuqarosi 720 kg hojatxona qog‘ozini olib ketayotganini ma’lum qilgan. Bojxonachilar yuk mashinasini rentgenga jo‘natgan. Ma’lum bo‘lishicha, uchta Toyota Land Cruiser yo‘ltanlamas avtomobillari yarim tirkama ichida bir necha qavat hojatxona qog‘ozi orqasiga yashirilgan. Haydovchi topilmadan hayratda qolib, bunday yuk haqida hech narsa bilmasligini aytgan.
Umumiy qiymati 87 ming yevro bo‘lgan avtomobillar bojxonachilar tomonidan xatlangan. Haydovchi garov evaziga qo‘yib yuborilgani ta’kidlanmoqda.
Mavzuga oid
22:16 / 16.06.2026
Vatikan va «yahudiylar lobbisi» Putinni aldadi - Lukashenko
18:54 / 16.06.2026
Shavkat Mirziyoyev Belarus bosh vaziri bilan uchrashdi
10:56 / 27.05.2026
Latviya va Litva Rossiya elchilarini chaqirtirdi
22:20 / 24.05.2026