Rossiya 12 ta ATACMS raketasi tomonidan Qrim ko‘prigiga uyushtirilgan hujumni qaytardi
Rossiya Mudofaa vazirligi tunda Qrim ko‘prigiga 12 ta ATACMS raketasi uchirilganini ma’lum qildi. Idoraning ta’kidlashicha, ular barchasi urib tushirilgan.

Foto: AP/dpa/picture alliance
Rossiya Mudofaa vazirligi kecha tunda Ukraina qurolli kuchlarining Qrim ko‘prigiga uyushtirilgan yirik raketa hujumi qaytarilganini bildirdi. Idora 16 avgust, juma kuni hech qanday tasdiq keltirmagan holda, ko‘prikka uchirilgan barcha 12 ta ATACMS raketasi havo hujumidan mudofaa tizimlari tomonidan urib tushirilganini ma’lum qildi.
«Krymskiy veter» Telegram-kanali xabariga ko‘ra, Ukraina Qurolli kuchlarining tungi hujumi tufayli Qrim ko‘prigi to‘rt soatga to‘sib qo‘yilgan, faqat ertalabdan boshlab harakat tiklangan, har ikki tomondan 2300 ga yaqin avtomobil tirbandlikda to‘planib qolgan.
«Krymskiy veter» ma’lumotlariga ko‘ra, Qrimning Kerch shahri yaqinida yong‘inlar qayd etilgan, Mitridat tog‘i yaqinida zarar yetkazilgan. Kerch aholisi shahardagi ko‘plab parchalar, shuningdek, qator ko‘chalarda harakat to‘sib qo‘yilgani haqida gapirdi, deb xabar berdi ASTRA kanali.
Avvalroq Rossiya Mudofaa vazirligi Qora dengiz uzra Qrim yarimoroli tomon yo‘l olgan beshta samolyot tipidagi uchuvchisiz uchish apparati hamda ikkita ekipajsiz kater tutib olingani va yo‘q qilingani haqida xabar bergan edi.
Ukraina tomoni ko‘prikka uyushtirilgan raketa hujumiga izoh bermadi.
Qrim ko‘prigining rus qo‘shinlarini ta’minlashdagi roli
Rossiya Federatsiyasining Ukrainaga keng ko‘lamli harbiy hujumi boshlanganidan so‘ng, G‘arb kuzatuvchilari va harbiy ekspertlar Qrim ko‘prigining Rossiya Qurolli kuchlari ta’minotidagi muhim rolini bir necha bor ta’kidladilar. Biroq, may oyi boshida Ukraina Molfar OSINT-agentligi sun’iy yo‘ldosh tasvirlarini o‘rganib chiqib, Ukraina Qurolli kuchlari hujumlari tufayli Rossiya o‘z qo‘shinlarini ta’minlash uchun ko‘prikdan foydalanishni to‘xtatganini e’lon qildi.
Tahlilchilarning fikricha, Rossiya Federatsiyasi Qrim ko‘prigidan harbiy maqsadlarda foydalanishdan 2023 yil 17 iyulda Ukraina Qurolli kuchlari yerusti uchuvchisiz uchoqlari hujumi natijasida ko‘prik bir necha tayanch qismlari vayron bo‘lganidan keyin voz kechishni boshlagan.
Tavsiya etamiz
Yozda top-klublar «talashishi» kutilayotgan 11 hujumchi
Sport | 15:30 / 01.04.2025
Konteynerni o‘quv markaziga aylantirgan vodillik talaba hikoyasi
Jamiyat | 09:03 / 01.04.2025
Samarqand shahriga kirish yo‘llari vaqtincha yopiladi
O‘zbekiston | 21:35 / 30.03.2025
Dunyo bo‘ylab Ramazon hayiti qanday kutib olindi – fotolar
Jahon | 20:30 / 30.03.2025
So‘nggi yangiliklar
-
O‘zKeysServis zamonaviy servis markazlari va raqamlashtirish tizimi: Qishloq xo‘jaligi texnikalarini ta’mirlashda yangi bosqich
O‘zbekiston | 19:00
-
"BMT eskirdi, xalqaro hamjamiyat muammolar oldida ojiz" - Turkiya elchisi
O‘zbekiston | 18:57
-
Van Damm Ruminiyada odam savdosiga oid jinoiy ish figurantiga aylandi
Jahon | 18:55
-
Belgiya do‘konlarida tamaki mahsulotlarini ko‘zga tashlanadigan joyga qo‘yish taqiqlandi
Jahon | 18:44
Mavzuga oid

00:43 / 18.03.2025
AQSh Qrimni Rossiya hududi sifatida tan olishi mumkin - OAV

22:07 / 14.03.2025
Germaniyada Qrimga turbina yuborgan Siemens menejerlari sud qilinadi

20:42 / 25.02.2025
Rossiya Ukraina janubini nega bu qadar tez ishg‘ol qilgandi? To‘rt asosiy savol va ularga javoblar

17:01 / 01.01.2025