O‘zbekistonda tabiat himoyachilari va eng toza mahallalar taqdirlanadi
Chiqindi va tozalash ishlari sohalari xodimlarini rag‘batlantirish, mahallalarni toza, chiqindilardan xoli hududga aylantirish maqsadida "Tabiat uyg‘unligi himoyachisi" va "Eng toza mahalla" tanlovlari o‘tkaziladi.

Foto: sanitation.uz
Bu Vazirlar Mahkamasining 2024 yil 16 avgustdagi "Tabiat uyg‘unligi himoyachisi" va "Eng toza mahalla" tanlovlarini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi 514-sonli qarorida belgilab qo‘yilgan.
"Tabiat uyg‘unligi himoyachisi" tanlovida sanitar tozalash korxonalarining chiqindilarni yuklash, tashish, joylashtirish va saralash ishlarini bajaradigan hamda obodonlashtirish boshqarmalarining tozalash ishlari bilan shug‘ullanuvchi kamida 10 yil sadoqatli mehnat qilgan xodimlar qatnashishi mumkin. Tanlov 1 sentabrda boshlanib, g‘oliblar 8 dekabr — O‘zbekiston Konstitutsiyasi qabul qilingan kun arafasida aniqlanadi va munosib taqdirlanadi. G‘oliblarning davlat oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirgan farzandlari yoki nevaralariga bir yillik kontrakt to‘lovi (bazaviy hisoblash miqdorining 30 baravari miqdoridan oshmagan qismi) to‘lab beriladi.
"Eng toza mahalla" tanlovi esa har yili noyabr-yanvar oylarida tuman (shahar) saralash bosqichi, hududiy saralash bosqichi va respublika bosqichi shaklida o‘tkaziladi. Mazkur tanlov g‘oliblari 21 mart — Navro‘z bayrami arafasida munosib taqdirlanadi.
Tanlov natijalariga asosan Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridan g‘olib bo‘lgan mahallalarning tegishli jamg‘armasiga chiqindi yig‘ish maydonchalarini qurish, mahalladagi ijtimoiy obektlarga chiqindi konteynerlari o‘rnatish hamda daraxt ekish uchun 500 million so‘mdan pul mukofoti o‘tkazib beriladi hamda xizmatda foydalanish uchun 1 tadan elektromobil topshiriladi.
Bundan tashqari, sanitar tozalash korxonalarining chiqindilarni yuklash, tashish, joylashtirish va saralash ishlarini bajaradigan hamda obodonlashtirish boshqarmalarining tozalash ishlari bilan shug‘ullanuvchi ishchilariga, ekofaollarga hamda jamoatchilik ekologiya nazoratchilariga har oy 100 tadan velosiped va boshqa mukofotlar beriladi.
Tavsiya etamiz
Haydovchilar uchun qator yengilliklar e’lon qilindi
O‘zbekiston | 18:04 / 16.05.2025
Shaharlarda yo‘l ta’mirlash ishlari faqat tunda amalga oshiriladi
O‘zbekiston | 17:20 / 16.05.2025
Kameralar yo‘l chizig‘ini bosganlik uchun jarima yozmaydigan bo‘ldi
O‘zbekiston | 16:46 / 16.05.2025
14 yillik qamoqdan prezidentlikkacha. Xose Muxika kim edi?
Jahon | 16:05 / 16.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
«Kristal Pelas» «Man Siti»ni mag‘lub etib, Angliya Kubogini qo‘lga kiritdi
Sport | 23:01
-
Isroil G‘azoda yangi, keng ko‘lamli harbiy operatsiyani boshladi
Jahon | 22:36
-
Shifokor changli havoda amal qilish kerak bo‘lgan tavsiyalarni berdi
Jamiyat | 22:23
-
Kuchli shamol Toshkent shahri va viloyatida o‘n minglab iste’molchilarni «svetsiz» qoldirdi
Jamiyat | 22:06
Mavzuga oid

19:20 / 25.04.2025
Qibrayda ichimlik suvi quvuri ustidan ariq tortilmoqda

10:03 / 20.03.2025
Samarqandda tabiatga 10 milliard so‘mdan ortiq zarar yetkazildi

09:56 / 22.01.2025
Kriminogen vaziyat og‘ir mahallalar bilan yangicha ishlash mexanizmi joriy etiladi

14:28 / 14.01.2025