Samarqandda o‘tkazilgan reyd davomida ham tabiatga katta miqdorda zarar yetkazilgan qonunbuzarlik holatlari aniqlandi.

Past Darg‘om tumani hududida bir guruh fuqarolar tomonidan tungi soat 03:00 da noqonuniy ravishda qum-shag‘al qazib olinayotgani aniqlandi.

Natijada tabiatga 10 milliard 369 million 513 ming 728 so‘m zarar yetkazilgan.

Holat yuzasidan barcha hujjatlar rasmiylashtirilib, 1 dona DOOSAN 210 rusumli ekskavator va 1 ta yuk tashuvchi transport vositasi jarima maydoniga joylashtirildi.

Yuqoridagi holatlar yuzasidan to‘plangan hujjatlar tegishli chora ko‘rish uchun huquqni muhofaza qilish organlariga yuborildi.