Birinchi yarim yillikda UzAuto Motors’ning sof foydasi 65 foizga o‘sdi
Joriy yilning yanvar-iyun oylarida UzAuto Motors 1,91 trln so‘m sof foyda ko‘rdi. Bu o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 65 foizga ko‘p.
2024 yilning birinchi yarim yilligida UzAuto Motors’ning sof foydasi keskin oshdi. Bu haqda Korporativ axborotlar yagona portalida joylashtirilgan hisobotda keltirib o‘tilgan.
Joriy yilning yanvar-iyun oylarida avtokonsernning asosiy moliyaviy ko‘rsatkichlari quyidagicha bo‘lgan:
- Sof tushum: 23,4 trln so‘m (o‘tgan yilga nisbatan +6,4 foiz);
- Sotilgan mahsulot tannarxi: 18,97 trln so‘m (o‘tgan yilga nisbatan -1,1 foiz)
- Yalpi foyda: 4,45 trln so‘m (o‘tgan yilga nisbatan +56,6 foiz);
- Operatsion xarajatlar: 2,39 trln so‘m (o‘tgan yilga nisbatan +30,3 foiz);
- Sof foyda: 1,91 trln so‘m (o‘tgan yilga nisbatan +65 foiz);
- Taqsimlanmagan foyda: 8,54 trln so‘m (o‘tgan yilga nisbatan +28,8 foiz).
UzAuto Motors’ning uzoq muddatli bank kreditlari 1,8 trln so‘mni, uzoq muddatli qarzlar 3,8 trln so‘mni tashkil etgan. Qisqa muddatli kreditlar 569,1 mlrddan 0,2 mlrd so‘mga kamaygan.
Ma’lumot uchun, hisobot davrida UzAuto Motors tomonidan 1 trln 85,5 mlrd so‘m miqdorida soliq to‘langan. Taqqoslash uchun, o‘tgan yilning mos davrida kompaniyaning tovar aylanmasi 27 trln 252 mlrd so‘mni tashkil etib, davlatga 591 mlrd so‘m soliq to‘lagan, 394 mlrd so‘mlik soliq imtiyozlaridan foydalangan.
Mavzuga oid
21:53 / 26.09.2024
Eng ko‘p soliq va bojxona imtiyozini olgan korxonalar ma’lum qilindi
21:07 / 16.09.2024
UzAuto Motors bosh direktori jarimaga tortildi
14:49 / 13.09.2024
Lacetti'dagi yong‘in sabab UzAuto Motors va uning dileriga ish qo‘zg‘atildi
16:21 / 03.09.2024