Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston Afg‘onistonda 6 million dollarga madrasa quradi
O‘zbekiston Afg‘onistonning Mozori Sharif shahridagi «Xoyrul-mudarris Imom Buxoriy» madrasasi qurilishini moliyalashtiradi.
TOLOnews xabariga ko‘ra, 21 avgust kuni qurilishning boshlanishi marosimida Balx viloyati gubernatori o‘rinbosari Nurul-Xodiy Abu Idris va O‘zbekistonning Afg‘onistondagi bosh konsuli Farhod Nazarov ishtirok etgan.
Madrasa 0,6 gektar maydonda joylashadi, 1000 nafar talabaga diniy ta’lim beradi. Uning qurilishi O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi rahbari Baxtiyor Saidov va «Tolibon» yetakchilari o‘rtasida joriy yilning 12-13 mart kunlari bo‘lib o‘tgan muzokaralar doirasida kelishib olingan edi.
«Bu diniy maktab Balx hokimining iltimosiga binoan qurilmoqda. Biz bu loyihaga bir yil vaqt ajratdik, shu vaqtgacha u tugallanadi», dedi Nazarov. Bosh konsulning ma’lum qilishicha, madrasa qurilishiga 6 million dollar sarflanadi.
«Xudo xohlasa, ushbu madrasaning tashkil etilishi Afg‘oniston va O‘zbekiston o‘rtasidagi aloqalarni yanada mustahkamlaydi», dedi Balx viloyati ta’lim boshqarmasi boshlig‘i Abdujalil Shahidxil.
Bosh konsul, shuningdek, O‘zbekiston tez orada Afg‘oniston fuqarolari uchun ta’lim va biznes vizalarini berishni qaytadan boshlashini qo‘shimcha qildi.
Mavzuga oid
18:19 / 22.06.2026
O‘zbekiston va Afg‘oniston o‘rtasida aviaqatnovlar soni oshiriladi
09:05 / 17.06.2026
Afg‘onistondan olib kirilgan 37,6 kg giyohvandlik vositalari fosh etildi
10:50 / 12.06.2026
O‘zbekiston va Afg‘oniston o‘rtasida qo‘shimcha temiryo‘l qurilishi mumkin
11:30 / 11.06.2026