Yaşnarbek Nömonov hovlisidagi hovuzlarda akvarium baliqlari parvarişlab yaxşigina daromad topyapti. 30 dona baliqdan iş boşlagan talabaning bugun öz biznesi bor. “2020 yilda Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetiga öqişga kirdim. “Kontrakt”da öqişim, iqtisodiy yetişmovçiliklar sabab ota-onamga yordam berişim kerak edi. Oxir-oqibat tadbirkorlikka qöl urdim”, deydi u.
Danğaralik 27 yoşli Yaşnarbek bu yil oliygohni tamomladi. Endilikda u öz sohasida faoliyat yuritiş bilan birga dekorativ baliqçilikni yanada rivojlantirmoqçi.

“Poytaxtda öqiyotgan damlarda kun böyi öqişda bölardim, qöşimça iş qiliş qiyin edi. Mustaqil pul topib ota-onamga moddiy yordam beriş uçun dekorativ baliqçilik sohasiga qiziqib kördim. Hovlimizda kiçkina hovuz qazib 30 dona baliq taşladim. Hovuzlarni özim qölda qaziganman, texnikaga beriş uçun ortiqça pul yöq edi. Beton hovuzdan köra yaxşiroq va arzonroq bölgani uçun polietilen bilan qoplaganmiz.

Baliq boqiş boşida qiyin böldi, çunki bu sohada çuqurroq ilm, malaka talab etilardi. Özbekistonlik baliqçilardan tajriba örganmoqçi bölganimda 35 ming dollar söraşdi. Internetdan izlana-izlana, yaponiyalik mutaxassis topib ulardan onlayn dars oldim.
Boşida işni 1 turdagi baliq parvarişlaşdan boşlagan bölsak, hozir 10 xildan oşiq baliq turi mavjud. Bundan taşqari har bir baliqning 3 mingdan ziyod rangi bor.

Yapon koisi, Kometa, Aranda, Panda aranda, Ranço kabi baliq turlari parvarişlayapmiz. Narxlari esa 15 ming sömdan 500 dollargaça.
Ikki mahal ozuqa beramiz baliqlarga, imkon qadar sifatli yemlardan foydalanamiz. Tabiiy ozuqalar ham berib turamiz. Ozuqa uçun köp xarajat ketmaydi, kam ovqat yeydi, tez katta böladi.
Sotuvga ulgurji qilib çiqaramiz, donalab sotilmaydi odatda. Baliq sotiş bilan şuğullanadigan mijozlarimiz olib ketişadi.

Baliqlar dastlab iqlimimizga moslaşişi qiyin keçdi, endi esa jonzotlar qişning sovuğida ham, yozning issiğida ham yaşay olişadi.
Akvarium baliqlari asosan Tailand, Indoneziya, Malayziyadan keladi. Ba’zida kasalliklar kelib turadi. Tajribamizda 20 tadan ortiq kasallik ötdi, bemalol kuraşa olamiz bu kasalliklar bilan. Bilişimça, ular eksport qilişdan oldin baliqlarga atay infeksiya yuqtirib keyin yuborişar ekan, kasallanib ölib, yana eksport qilişlari uçun. Töğri iş emas bu, albatta. Biz olib kelgan bir baliq turida ham şunaqa infeksiya aniqlandi. 20 kun kuraşdik kasallik bilan, hozir yaxşi bölib ketdi.

Diplomatiya universitetini bitirdim. Öz sohamda işlamoqçiman. Baliqçilikni kengaytirib, yoşlarni işga olib, ularning bandligini ta’minlamoqçiman. Hokimlik tomonidan 60 sotix yer ham ajratilgan buning uçun”, deydi tadbirkor.
Sarvar Ziyoyev, Kun.uz
Montaj ustasi: Sardor Mamirov
















