1996 yilda suv ostiga şönğiş bilan şuğullanuvçi ayol baliqlarga ozuqa beriş uçun suv yuzasiga yeguliklar taşlaydi. Şunda uning oldiga akula keladi va yordam söraganday bölib ovoz çiqaradi. Uning oğzida qarmoq ilgagi bor edi. Ayol darhol suvga tuşadi va akula oğzidan ilgakni çiqarib oladi. Öşandan buyon ayol akulalar bilan döst tutingan va ularga yordam berib keladi.
Bugun tom ma’noda inson tabiatni ğorat qilmoqda. Havoga çiqarilayotgan zaharli tutunlar, plastik balosi, örmonlarning ayovsiz kesilişi – bular insoniyat uçun ulkan kulfatlar keltirmoqda.
Iqlim keskin özgarmoqda va bu baland toğlardagi, Arktika hamda Antarktikadagi muzliklarning şiddat bilan erişiga sabab bölyapti. Zaharli gazlar havoni ifloslab, turli kasalliklar köpaymoqda.
Qisqasi, insoniyat tabiatga zarar yetkaziş asnosida özining oyoğiga ham bolta urmoqda va köproq öziga zarar yetkazmoqda.
Kelajakda vaziyat qanday bölişini öylaşga ham qörqadi kişi. Biroq ana şunday vaziyatda tabiatni, undagi hayvonot va nabotot olamini asrab qoliş uçun jon-jahdi bilan harakat qilayotgan insonlar ham bor.
Italiyalik Kristina Zenato ana şunday jonkuyar insonlardan biri hisoblanadi. U qariyb 20 yildan buyon suv ostidagi eng yirtqiç jonzot – akulalarni qutqariş bilan şuğullanadi.

Bu ayol akulalarni qanday qutqaradi deysizmi? Ovçilar baliq ovlaş uçun işlatadigan turli ölçamli qamoq ilgagi akulalarning oğziga suqilib qoladi. Oqibatda jarohatlangan yirtqiç köp ötmay nobud böladi.
Kristina suv ostiga şönğib ularning oğzidagi ilgakni olib taşlaydi. Qiziği, u bu işni qöliga heç qanday maxsus qölqop kiymasdan amalga oşiradi. Çunki özaro işonç tufayli akulalar unga hujum qilişmaydi.
Suv ostiga şönğişni tanlagan Kristina
1971 yilda Italiyada tuğilgan Kristina Zenatoning otasi harbiy edi. Qizi tuğilgandan söng u Afrikadagi Kongo davlatiga xizmatga yuboriladi.
Öşanda u Afrikaga oilasini ham olib ketadi va Kristina Kongoda 15 yil yaşaydi. Qiz öşa yerda maktabda tahsil oladi va öqişni Italiyada tugatadi.
1993 yilda Kristina dam oliş uçun Bagam orollariga borganda suv ostiga şönğişga qiziqib qoladi. Söng şu yerda yaşab qoladi.





















