Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Hannover banki Germaniya sobiq kansleri Shryoderning hisobraqamini bloklagan - Bild
Gerhard Shryoderning hisobraqamiga har yarim yilda taxminan 200 ming yevro pul tushib turgan. Bank bo‘lsa AQSh sanksiyalaridan qo‘rqib, sobiq kanslerning hisobraqamini bloklagan.
Gerhard Shryoder Foto: RIA Novosti / Aleksey Vitvitskiy
Sparkasse Hannover banki Germaniya sobiq kansleri Gerhard Shryoderning Rossiyadan pul o‘tkazmalari kelib tushgan hisobraqamini bloklab qo‘ydi, deb xabar beradi Bild. Ta’kidlanishicha, o‘tkazmalar hozirda amalga oshirilmayapti.
Sobiq kanslerga yo‘llangan xatda qayd etilishicha, bank rahbariyati bu kabi qarorni AQShning moliyaviy tashkilotlarga nisbatan ehtimoliy sanksiyalaridan qo‘rqqani bois qabul qilgan. Shunga qaramay Shryoder birorta sanksiyalar ro‘yxatiga kiritilmagan.
Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, bloklangan o‘tkazmalar uning Nord Stream 2 AG boshqaruv raisi lavozimidagi faoliyati bilan bog‘liq.
Shryoder gaz quvuri operatoridan har yarim yilda taxminan 200 ming yevro pul olib kelgan. Cheklovlar joriy etilgach, bank ushbu mablag‘larni qaytarishni boshlagan, natijada, sobiq kansler qariyb yarim million yevrosiz qolgan. Bild’ga ko‘ra, bloklashlar Germaniyaning Hannover shahrida «Yashillar» partiyasidan bo‘lgan Belit Onay hokimiyat tepasiga kelganidan atigi bir necha hafta o‘tib sodir bo‘lgan. U avvalroq Shryoderni tanqid qilib, undan shahar faxriy fuqarosi unvonini olib qo‘yishni yoqlab chiqqan edi.
Mavzuga oid
16:04 / 17.01.2026
Ozarboyjon Germaniya va Avstriyaga gaz yetkazib berishni boshladi
16:38 / 16.01.2026
Germaniya sharqida Rim imperiyasining harbiy lageri topildi
13:13 / 16.01.2026
Germaniya NATOning keng ko‘lamli mashqlarini qabul qilmoqda
11:45 / 16.01.2026