Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
IBM kompaniyasi Xitoydagi minglab xodimlarini ishdan bo‘shatadi
O‘tgan dam olish kunlari IBM laboratoriyalarida faoliyat yurituvchi xitoylik mutaxassislar kompaniyaning ichki tarmog‘idan uzib qo‘yilgan.

Foto: Getty Images
AQShning International Business Machines (IBM) kompaniyasi Xitoyda ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ixtirolariga oid faoliyatini yakunlab, mingdan ortiq xodimlarini ishdan bo‘shatmoqda, deb xabar beradi SCMP.
Qayd etilishicha, kompaniya China Development Lab va China Systems Lab laboratoriyalarini yopadi, shuningdek, Pekin, Shanxay va Dalyan kabi yirik shaharlardagi xodimlarini ishdan bo‘shatadi.
Jiemian nashri ma’lumotlariga ko‘ra, o‘tgan dam olish kunlari IBM laboratoriyalarida faoliyat yurituvchi xitoylik mutaxassislar kompaniyaning ichki tarmog‘idan uzib qo‘yilgan. Ishchilar qisqartirilishi haqida esa bugun, 26 avgust kuni o‘tkazilgan yig‘ilishda ma’lum qilingan.
«IBM mijozlar manfaati uchun faoliyatini moslashtiradi va bu o‘zgarishlar uning Xitoy hududidagi mijozlarga xizmat ko‘rsatish qobiliyatiga ta’sir ko‘rsatmaydi», — deyiladi xabarda.
IBM — Xitoydagi ish o‘rinlarini qisqartirayotgan transmilliy texnologik gigantlardan biri. Xitoy—Amerika raqobati keskinlashgani bois global kompaniyalar materikdagi o‘z faoliyatini o‘zgartirishga majbur bo‘lmoqda.
Joriy yilda Shvetsiyaning telekommunikatsiya qurilmalarini ishlab chiqaruvchi Ericson hamda dunyoga mashhur Tesla kompaniyalari, bundan tashqari, Amazon va Intel ham Xitoydagi ish o‘rinlarini qisqartirgan edi.
Tavsiya etamiz
“Rossiya urushga chuqur kirib ketdi, undan chiqishi imkonsiz” - siyosatshunos
Jahon | 18:20 / 28.07.2025
Ukrainada siyosiy inqiroz. Nega bunday bo‘ldi va buyog‘iga nima bo‘ladi?
Jahon | 17:56 / 27.07.2025
Davlat oliygohlari uchun kvotalar tasdiqlandi
O‘zbekiston | 23:49 / 25.07.2025
O‘zbekistonda pensiya miqdori qanday hisoblanadi? – muhim savollarga javoblar
O‘zbekiston | 23:34 / 25.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
“Asialuxe Travel” kompaniyasi “Yoz, shoshma!” aksiyasini e’lon qiladi
O‘zbekiston | 09:00 / 29.07.2025
-
#SonetUzStyle tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli 15 avgustgacha uzaytirildi
Jamiyat | 11:00
-
Dpa: Arab davlatlari HAMASni G‘azoda hokimiyatdan ketishga chaqirdi
Jahon | 10:59
-
Toshkentda bitta xonadon qarzdorligi sabab butun qavat suvdan uzib qo‘yildi
Jamiyat | 10:44
Mavzuga oid

21:49 / 21.05.2025
Sun’iy intellekt dunyodagi har to‘rtinchi ish o‘rniga ta’sir ko‘rsatmoqda - BMT

17:43 / 04.04.2025
Xitoy Trampning chaqirig‘ini qabul qildi va javob qaytardi

16:27 / 04.04.2025
Xitoy AQSh tovarlariga boj tariflarini oshiradi

17:04 / 03.04.2025