Jahon | 19:10 / 26.08.2024
23879
2 daqiqa o‘qiladi

Volgograddagi koloniya xodimlarini garovga olishda o‘zbekistonliklar ishtirok etmagani ma’lum bo‘ldi

Garovga olishda ishtirok etganlarning shaxsi ular yo‘q qilinganidan keyin ma’lum bo‘lgani, ular orasida o‘zbekistonliklar yo‘qligi ta’kidlanmoqda.

Foto: Videodan kadr

Rossiyaning Volgograd oblastidagi 19-son axloq tuzatish koloniyasida xodimlar va mahbuslarni garovga olganlar orasida o‘zbekistonliklar yo‘q. Bu haqda Rossiya kuchishlatar idoralariga yaqin bo‘lgan Baza telegram-kanali xabar berdi.

«Ramzidin Toshev va Temur Xusinov Volgograd oblastidagi 19-son ahloq tuzatish koloniyasida xodimlar va mahbuslarni garovga olishda ishtirok etmagan. Ular ro‘yxatga noto‘g‘ri kiritilgan. Garovga olishda ishtirok etganlarning shaxsi ular yo‘q qilinganidan keyin ma’lum bo‘ldi», deb yozdi Baza.

Avvalroq, ushbu qonunbuzarlikda 4 nafar mahbus ishtirok etgani, ularning ikki nafari (Ramzidin Toshev va Temur Xusinov) o‘zbekistonlik, qolgan ikki nafari (Navro‘zi Rustamjon va Nazirjon Toshev) tojikistonlik ekani haqida xabarlar tarqalgan edi.

Baza xabariga ko‘ra, hujumda Navro‘zi Rustamjon va Nazirjon Toshevdan tashqari Shobdulkarimxon Karimov va Shohijaxon Sayfiyev ham qatnashgan. Ular ham Tojikiston fuqarosi ekani ta’kidlanmoqda.

19-sonli axloq tuzatish muassasasida to‘rt nafar mahbus 23 avgust kuni koloniya xodimlarini garovga olgandi. Federal jazoni ijro etish xizmati qamoqxonada jami sakkiz kishi garovga olingani haqida ma’lumot berdi. Mahbuslar xodimlardan to‘rt nafarini tig‘ bilan jarohatlagan, shundan uch nafari voqea joyida halok bo‘lgan. Keyinchalik Rosgvardiyaning maxsus bo‘linmasi koloniyani shturm qilib, odamlarni garovga olgan to‘rt mahbusni ham yo‘q qildi. Qamoqxonadagi hodisa oqibatida jami sakkiz kishi halok bo‘lgani, shturm davomida faqat bir kishi ozod etilgani ma’lum qilindi.

Mavzuga oid

E`lonlar

Kelajak uchun bitim: MARS IT School bolalar uchun IT-ta’limni rivojlantirishning yangi bosqichiga chiqyapti

USAID hamkorligida SWISSAGRO qo‘shma korxonasi Farg‘onada yangi ishlab chiqarish quvvatini yo‘lga qo‘ydi

"O‘zbekinvest" kompaniyasi tomonidan "Yashil makon" umummilliy dasturi doirasida Qibray tumanida bog‘ yaratildi

Iteca Exhibitions: 2024-yilda O‘zbekistonning iqtisodiy o‘sishi va xalqaro e’tirofi drayveri

O‘zKeysServis zamonaviy servis markazlari va raqamlashtirish tizimi: Qishloq xo‘jaligi texnikalarini ta’mirlashda yangi bosqich

Sharjada o‘tkazilgan Xalqaro olimpiadada "Al-Jabr" maktabi o‘quvchilari yuqori natijalarga erishdi