Ukraina Qurolli kuçlari şanbaga ötar keçasi, 10 yanvarda Rossiyaning bir qator hududlariga dronlar bilan hujum qildi. Volgograd viloyatida dron parçalari tuşişi sabab neft bazasi yonganini mahalliy gubernator Andrey Boçarov ma’lum qildi. Dastlabki ma’lumotlarga köra, jabrlanganlar yöq. Boçarovning aytişiça, aholini evakuatsiya qiliş zarurati tuğilsa, Oktyabrskiy posyolkasidagi maktablardan birida vaqtinça joylaştiriş punkti tayyorlab qöyilgan.
Dronlar hujumlari fonida Volgograd, Gelenjik, Krasnodar va Çeboksar aeroportlari reyslarni qabul qiliş va jönatişga vaqtinça çeklovlar kiritdi, deb xabar qildi Rosaviatsiya rasmiy vakili Artyom Korenyako.
Şuningdek, 10 yanvar tungi payt Moskva aeroportlari Domodedovo va Jukovskiy ham faoliyatini vaqtinça töxtatgan. Rossiya poytaxti meri Sergey Sobyanin Moskvaga yaqinlaşib kelayotgan bitta dron urdirib tuşirilgani haqida xabar bergan.
Rossiya Mudofaa vazirligi ma’lumotiga köra, 10 yanvar tungi payt RF hududlari ustida jami 59 ta dron yöq qilingan.
9 yanvar kuni Rossiya armiyasi Kiyev va Lvivga dronlar bilan hujum qildi. Kiyev şahar meri Vitaliy Kliçko bu hujumni “poytaxtning muhim infratuzilma obektlari uçun eng oğriqli” deb atadi. Kiyevdagi köp qavatli uylarning deyarli yarmi — taxminan 6000 ta bino issiqlik ta’minotisiz qolgan. Hujum natijasida 4 kişi halok bölgan, yana 24 kişi yaralangan.













