Volgogradda Ukraina dronlari zarbasidan söng “Lukoyl” neft konserni tarkibiga kiradigan neftni qayta işlaş zavodi işini töxtatdi. Hujum natijasida ikki qurilma şikastlandi — kuniga 9100 tonna (66 700 barrel) quvvatga ega neftni birinçi qayta işlaş qurilmasi va kuniga 11 ming tonna quvvatli gidrokreking qurilmasi, deb yozadi 6 noyabr kuni Reuters uç xabardor manbaga tayanib.

Agentlik suhbatdoşlaridan biri anonimlik şartida ma’lum qilişiça, birinçi qayta işlaş qurilmasida yonğin çiqqan, gidrokreking qurilmasi ham şikastlangan. “Lukoyl” matbuot xizmati Reuters’ning söroviga javob bermagan.

Avvalroq Volgograd viloyati gubernatori Andrey Boçarovning aytişiça, Ukraina dronlarining keçagi tungi hujumi oqibatida Volgogradda 24 qavatli turar joy binosiga şikast yetgan, şuningdek Krasnoarmeyskiy tumani sanoat zonasi hududida yonğin kelib çiqqan. Hujum natijasida 48 yoşli erkak halok bölgan.

Volgogradda “LUKOYL-Volgogradneftepererabotka” korxonasi joylaşgan — u RFning Ukrainaga qarşi keng kölamli uruşi boşlangandan buyon bir neça bor ukrain dronlari hujumlariga uçragan. Reuters’ning qayd etişiça, 2024 yilda Volgograd NQZ 13,7 mln tonna neftni qayta işlagan — bu Rossiya umumiy neft qayta işlaş hajmining 5,1 foiziga töğri keladi.

Oktyabr oyi oxirida Ukraina rasmiylari yil boşidan beri Rossiyaning neft obektlariga 160 ta samarali zarba berilganini ma’lum qilgan edi.