Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston Kuvaytda omborlarni ijaraga olishni rejalashtirmoqda
Joriy yilning 1-3 oktyabr kunlari Al-Kuvayt shahrida O‘zbekiston va Kuvayt biznesi vakillari ishtirokida "Ochiq eshiklar kuni" tadbiri bo‘lib o‘tdi.
Unda Sirdaryo, Jizzax, Farg‘ona, Samarqand va Toshkent viloyatlari hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi yetakchi eksportyor kompaniyalar rahbarlari va vakillari qatnashdi.
Tadbir doirasida Kuvayt ishlab chiqaruvchilari va treyder kompaniyalari rahbarlari bilan B2B shaklida uchrashuvlar tashkil etildi.
Muhokamalar chog‘ida Kuvayt bozori talablari asosida qadoqlash va logistika shartlari, transport koridorlari, muqobil yo‘llardan sinov tariqasida foydalanish, Kuvaytda Savdo uyi ochish hamda omborlarni ijaraga olish va boshqa masalalar ko‘rib chiqildi.
Muzokaralar natijasida umumiy qiymati 2 million AQSh dollari bo‘lgan quruq meva, choyshab va ko‘rpalarni yetkazib berish bo‘yicha shartnoma imzolandi. Shuningdek, turistlar almashinuvi bo‘yicha to‘rtta bitim tuzildi.
Bundan tashqari, uy tekstili, maxsus tekstil, quritilgan meva-sabzavotlar, mineral o‘g‘it va mis kabellarni yetkazib berish bo‘yicha shartnoma shartlari hamda narxlarini kelishish bo‘yicha muzokaralarni davom ettirish yuzasidan kelishuvga erishildi.
Mavzuga oid
10:45 / 10.06.2026
Ayrim shaharlarda harbiy xizmatchilar uchun ijara kompensatsiyasi oshiriladi
08:55 / 06.06.2026
Eron Kuvayt va Bahrayn tomon yettita ballistik raketa uchirdi
08:51 / 04.06.2026
Kuvaytda Eron hujumi oqibatida 1 kishi vafot etdi, o‘nlab insonlar jarohatlangan
12:06 / 03.06.2026