Yaponiyada tayfun xavfi sabab 230 dan ortiq aviareys bekor qilindi
Shuningdek, mamlakatdagi temiryo‘l operatorlari ham qatnovlar to‘xtatilishi mumkinligidan ogohlantirmoqda.

Foto: AP
Yaponiyada «Shanshan» tayfuni yaqinlashayotgani tufayli 230 dan ortiq reys bekor qilindi. Bu haqda aeroport va aviakompaniyalar servislari monitoring ma’lumotlariga tayanib, «TASS» xabar berdi.
Qayd etilishicha, 28 avgust tongida tayfun Okinava prefektura oroli, kechga borib janubi-g‘arbiy Kyusyu oroliga yopiriladi.
Bekor qilingan aviareyslarning aksariyati Japan Airlines kompaniyasiga tegishli (28 avgust kungi 82 ta reys va ertasi kuni yana 60 ta reys). Bundan tashqari, xalqaro yo‘nalishdagi oltita parvoz ham bekor qilingan.
All Nippon Airways (ANA) 28-30 avgust kunlariga mo‘ljallangan 80 ta reysini, Skymark, Solaseed Air hamda Peach Aviation loukosterlari 9 ta reysini bekor qiladi.
Ko‘rilayotgan ushbu chora-tadbirlar birinchi navbatda Kyusyu oroli hamda undan janubda joylashgan mayda orollardagi aeroportlarga taalluqli. Shu bilan birga, temiryo‘l operatorlari ham qatnovlar to‘xtatilishi mumkinligidan ogohlantirmoqda.
Ayni vaqtda tayfun Amami (Okinava prefekturasi) orollariga yaqinlashmoqda va shimoli-g‘arbiy yo‘nalishda harakatini davom ettirishi mumkin. Tayfun harakatlanayotgan hududda shamol tezligi soniyasiga 65 metrgacha yetyapti.
Eslatib o‘tamiz, Yaponiya hukumati avgust boshlarida Tinch okeani qirg‘og‘ida yuz berishi mumkin bo‘lgan megazilzila haqida ogohlantirish e’lon qilgan va 15 avgust kuni uni rasman bekor qilgandi.
Tavsiya etamiz
Osiyo kubogi g‘oliblari tantanali kutib olindi - foto
Sport | 23:22 / 21.04.2025
“Gentra – qorong‘ilik timsoli” – Mirshakar Fayzulloyev
O‘zbekiston | 19:25 / 20.04.2025
AQShda bir oy ichida minglab talabalarning vizalari bekor qilindi
Jahon | 23:47 / 18.04.2025
Toshkent viloyatidagi ba’zi yo‘llarda ruxsat etilgan tezlik 80 km/soatgacha cheklandi
O‘zbekiston | 23:28 / 18.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Rossiya droni Ukrainadagi avtobusga urildi, ko‘plab qurbonlar bor
Jahon | 11:23
-
UMS, UzAuto Motors, Uzbekistan GTL kabi korxonalardagi davlat ulushi sotiladi
Iqtisodiyot | 11:21
-
Italiya bosh vaziri Jorjia Meloni Markaziy Osiyoga tashrifini kechiktirdi
Jahon | 10:44
-
Mask Tesla savdolari pasaygani tufayli DOGE'dagi faoliyatini qisqartiradi
Jahon | 10:32
Mavzuga oid

20:48 / 22.04.2025
Yaponiya narxlar oshishi fonida Janubiy Koreyadan guruch import qilishni boshladi

22:43 / 15.04.2025
Yaponiya aholisi yarim million kishiga qisqardi

00:20 / 12.04.2025
3D-printer yordamida bosilgan temiryo‘l stansiyasi olti soat ichida qurildi

23:08 / 11.04.2025