Elektr energiyasi va tabiiy gaz uchun majburiy to‘lovlarni undirish tartibiga o‘zgartirishlar kiritildi
28 avgust kuni prezident tomonidan imzolangan qonun bilan Fuqarolik protsessual kodeksi va «Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida»gi qonunlarga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.
Adliya vazirligi xabar berishicha, yangi qonun bilan «Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida»gi qonuniga o‘zgartirish kiritildi. Unga ko‘ra, iste’mol qilingan elektr energiyasi va tabiiy gaz uchun majburiy to‘lovlarni undirish to‘g‘risidagi ariza vakolatli organga yoki mansabdor shaxsga berilguniga qadar qarzdor jismoniy shaxs energiya resurslari tarmoqlaridan uzilganini tasdiqlovchi hujjatlar ijro hujjatlariga ilova qilinishi kerakligi haqidagi talab kiritilmoqda.
Ushbu talab bajarilmagan taqdirda, davlat ijrochisi ijro hujjatini qaytaradi.
Shuningdek, qarzdor jismoniy shaxslardan pochta xarajatlarini undirish to‘g‘risidagi sud hujjatlariga nisbatan ijro ishini yuritishning soddalashtirilgan tartibi qo‘llanadi.
Bundan tashqari, Fuqarolik protsessual kodeksiga ham qo‘shimcha kiritildi. Unga ko‘ra, iste’mol qilingan elektr energiyasi yoki tabiiy gaz uchun qarzdorlikni undirish haqidagi sud buyrug‘ini berish to‘g‘risidagi arizaga:
- iste’molchi bilan tuzilgan shartnoma;
- penya hisoblanishi haqidagi ogohlantirish;
- iste’molchini tegishli energiya resurslari tarmoqlaridan uzish to‘g‘risidagi ogohlantirishlar ko‘rsatilgan — qarzni to‘lash haqidagi talab; ushbu talab iste’molchiga yuborilganini tasdiqlovchi hujjat ilova qilingan holda, shuningdek, iste’molchi tegishli energiya resurslari tarmoqlaridan uzilganini tasdiqlovchi hujjat ilova qilinishi kerakligi to‘g‘risida talab kiritilmoqda.
Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
Mavzuga oid
15:33 / 13.10.2024
Namanganda 1,2 mlrd so‘mlik elektr energiyasini noqonuniy ishlatgan MChJ aniqlandi
20:45 / 07.10.2024
Gazlashmagan hovlilar uchun ham elektr energiyasiga 50 foizlik chegirma berilishi mumkin
20:03 / 06.10.2024
“Chiqindidan 6 oylik qarzdorligi mavjud bo‘lgan abonentlarga SMS-xabarnoma yuborildi” – Ekologiya vazirligi
11:25 / 06.10.2024