Tarixdagi eng baland bo‘yli paralimpiadachi Parijda ham oltin medalni qo‘lga kiritish niyatida
Murtoza Mehrzodning bo‘yi 2 metr 46 santimetni tashkil etadi - u Paralimpiya o‘yinlaridagi eng baland va dunyoda bo‘yining balandligi bo‘yicha ikkinchi o‘rinda turadigan insondir.

Foto: AFP/Getty Images
Hozirga qadar ikkita Paralimpiya o‘yinlari oldin medalini hisobiga yozib qo‘ygan eronlik sportchi o‘z yurtining terma jamoasi tarkibida Parij-2024 o‘yinlarida ham shohsupaning yuqori pog‘onasiga chiqish niyatida.
Murtoza Mehrzodning bo‘yi 2 metr 46 santimetni tashkil etadi — u Paralimpiya o‘yinlaridagi eng baland va dunyoda bo‘yining balandligi bo‘yicha ikkinchi o‘rinda turadigan insondir.
36 yoshli sportchi erkaklar o‘rtasida o‘tirgan holda o‘tkaziladigan voleybol bo‘yicha Eron terma jamoasining muhim a’zosi hisoblanadi. U Rio va Tokio Olimpiadalarida jamoasi bilan oldin medalni qo‘lga kiritgan.
Mehrzod Rio Olimpiadasidan olti oy oldin milliy terma jamoa tarkibida voleybol o‘ynashni boshlagan va televizion dasturlardan biri unga e’tibor qaratgan. Ma’lum bo‘lishicha, Mehrzodga yoshligida akromegaliya — o‘sish garomlarining ortib ketishi tashxisi qo‘yilgan. O‘smirlik vaqtida u velosipedda avariyaga uchrab, tos suyagini sindirib olgan, shuningdek, o‘ng oyog‘i ham o‘sishdan to‘xtab qolgan.
Parij o‘yinlari boshlanishidan oldin Mehrzod o‘tirgan holda o‘ynaladigan voleybolning o‘z hayotiga ta’siri haqida gapirib, sport uning «cheklovlarini imkoniyatlarga aylantirganini» ta’kidladi.
«O‘tirgan holda voleybol o‘ynash menga juda qo‘l keldi. Qachonlardir juda yomon deya hisoblagan jismoniy kuchim bu o‘yinda menga yordam berdi va undan foyda olishni boshladim», — deydi sportchi.
Murtoza Mehrzod Paralimpiya o‘yinlaridagi ikkita oltindan tashqari, 2019, 2022 va 2022 yillarda voleybol bo‘yicha eng yaxshi o‘yinchi sifatida ham tan olingan.
Mehrzod Eronning voleybol bo‘yicha muvaffaqiyatida muhim rol o‘ynagan bo‘lsada, mamlakat uzoq yillardan beri ushbu sport turida tengsiz hisoblanadi. 1988 yildan beri o‘tkazilgan to‘qqizta Paralimpiya o‘yinlarida Eron o‘tirgan holda o‘ynaladigan voleybol bo‘yicha 7 ta oltin medal olgan.
«Eng katta muammoimiz Eron xalqi bizdan chempionlik kutayotgani, bu esa sportchilar va murabbiylarga ulkan mas’uliyat yuklaydi», — deydi Eron terma jamoasining bosh murabbiyi.
Tavsiya etamiz
Muddat qo‘yuvchi Tramp: buning oxiri bormi?
Jahon | 22:09 / 24.04.2025
Toshkentda avtomobilni ro‘yxatdan o‘tkazish uchun onlayn ariza berish mumkin bo‘ldi
O‘zbekiston | 20:34 / 24.04.2025
Stomatologiya poliklinikalari xususiylashtiriladi
O‘zbekiston | 10:56 / 24.04.2025
Bojxonadagi cheklovlar: fuqaro bojni to‘lay olmasa, nima bo‘ladi?
O‘zbekiston | 22:43 / 23.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Rossiya Bosh shtabi Kursk oblasti to‘la ozod etilgani haqida hisobot berdi
Jahon | 10:16
-
Ispaniya kubogi. "Barselona" 116-daqiqada "Real"ga gol urib, musobaqa g‘olibi bo‘ldi
Sport | 03:45
-
Kamayadigan bojsiz limit, sotiladigan zavodlar va Lavrovning nolishi - hafta dayjesti
O‘zbekiston | 23:15 / 26.04.2025
-
2024 yilning eng ochiq va eng yopiq davlat tashkilotlari ma’lum qilindi
O‘zbekiston | 21:57 / 26.04.2025
Mavzuga oid

20:45 / 24.04.2025
“Geosiyosat” muloqoti. Ekspertlar bilan savol-javob

23:00 / 21.04.2025
Tehron, Moskva va Rimdagi muzokaralar: Eron yadro dasturi bo‘yicha bitim asoslari chizilmoqda

22:13 / 21.04.2025
Tramp: AQSh va Eron yaxshi muzokaralar o‘tkazdi

09:32 / 21.04.2025