Prezident matbuot xizmatining ma’lum qilişiça, xiyobondagi ramziy qabr yonida ham Qur’on tilovat qilingaç tarixiy haqiqatni tiklaş, yoşlarni şu ruhda tarbiyalaş haqida muloqot böldi.
«Mustaqillik bayrami arafasida, bugungi tinçlik, erkinlik şaroitida qahramon bobolarimizning pok nomlarini eslaş, tabarruk xotiralariga ehtirom körsatiş biz uçun ham qarz, ham farz. Şu bois dunyodan ötgan vatandoşlarimizning ham qadrini tiklayapmiz. «Inson – aziz, xotira – muqaddas» degan ezgu şior hayotimizdan mustahkam joy olyapti. Tabarruk yodgorlik majmualari bunyod etyapmiz. Ma’rifatparvar bobolarimiz haqida badiiy va ilmiy asarlar, kinofilmlar yaratilmoqda. «Xotira» kitoblari tayyorlanmoqda. Xalqaro konferensiyalar ötkazilmoqda. Mana, sönggi uç yil içida 1 ming 200 dan ziyod siyosiy qatağon qurbonlarining nomini oqladik. Bu nimani anglatadi? Bu – adolat sinmasligini, haqiqat baribir tantana qilişini anglatadi», — degan Mirziyoyev.

Davlatimiz rahbari endilikda har yili oktabr oyining birinçi haftasini Siyosiy qatağon qurbonlarini yod etiş haftaligi sifatida nişonlaşini bildirdi.
«Şu paytgaça qatağon qurbonlarining töliq röyxati şakllantirilmagan edi. Holbuki, bu röyxatdagi har bir raqam ortida inson taqdiri bor. Şahid ketgan, qatağon qilingan har bir yurtdoşimizning hayoti – qahramonlik. Şu bois biz qarorda qatağon qurbonlarini nomma-nom aniqlaş, ularning ibratli hayotini örganiş va tadqiq etiş masalasiga alohida e’tibor qaratdik. Tarixiy haqiqatni tiklaş maqsadida ularning tabarruk nomlarini köp jildlik «Qatağon qurbonlari» kitobiga hamda mana şu majmuada barpo etiladigan ramziy kitob sahifalariga yozib qöyamiz. Afsuski, çet davlatlarda, hatto özimizdagi arxivlarda bu masalaga oid barça ma’lumotlarni ham töliq örganganimiz yöq. Şu sababli, bu borada ilmiy ekspeditsiyalar taşkil etiş belgilandi. Endi har yili oktabr oyining birinçi haftasini mamlakatimizda Siyosiy qatağon qurbonlarini yod etiş haftaligi sifatida nişonlaymiz.
Nima uçun bu vaqt tanlandi? Çunki 1938 yil 4-16-oktabr kunlari 507 nafar özbekistonlik siyosiy mahbus ustidan hukm öqilgan. Eng yetakçi şaxslar qatl etilgan. Ular orasida Fitrat, Çölpon, Abdulla Qodiriy, Xudoybergan Devonov kabi yetuk ziyolilarimiz, Germaniyada öqib kelgan ilğor mutaxassislar, taniqli davlat va jamoat arboblari bölgan. Eng dahşatli tomoni – ular 4 oktyabrda qatl etilgan, hukm 5-oktyabrda çiqarilgan. Bu sana xalqimiz tarixidagi eng qayğuli kunlardan biridir. Şuning uçun bu haftalikni katta tayyorgarlik bilan, birdamlikda ötkazişimiz kerak, – deya ta’kidladi prezident.

Muloqotda Boş vazirga uşbu işlarni taşkil etiş va ijrosini nazoratga oliş böyiça körsatmalar berildi. Prezident bunday xayrli işlarni davom ettiriş, jadidlar hayotiga oid noyob hujjat va eksponatlar bilan jamoatçilikni kengroq taniştiriş kerakligini ta’kidladi.
«Töğri, keyingi vaqtlarda bu boradagi işlarimiz yangi bosqiçga kötarildi. Köp noma’lum nomlar aniqlandi. Kitoblar, kinolar çiqarildi. Lekin buyam kam. Bu borada ham mahallabay izlaniş olib boriş, bunga barça ziyolilar, nuroniylar, huquq himoyaçilari hissa qöşişi maqsadga muvofiq. Bu qadriyatga, umummilliy harakatga aylanişi kerak. Biz nima uçun Imom Buxoriy muzeyini taşkil qilyapmiz? Nima uçun tarixiy kinolar işlatyapmiz? Çunki eng katta maktab, eng katta tarbiya – tarixning özi. Yoşlarimiz tariximizni yaxşi bilişi, boşqalardan emas, özimizning bobolarimizdan namuna olişi kerak. Buning asosini mukammal qilib, yoşlarga munosib tilda, qiziqarli tarzda, ijtimoiy tarmoqlar orqali yetkaziş, jamiyatga singdiriş zarur. Yoş avlodni şu ruhda tarbiyalasak, öz tanlagan yölimizdan qat’iy bora olamiz», – dedi davlat rahbari.

Dunyoda xavf-xatarlar kuçayib, milliy özlik, ezgulik, qadriyat kabi tuşunçalar zavolga yuz tutayotgani yodga olinar ekan, yurtimizdagi tinçlik-osoyiştalikning qadri yaqqol namoyon böladi.
– Mustaqillik – Alloh taoloning el-yurtimizga eng katta marhamati, ne’mati. Har bir kun, har bir yilning qadriga yetib, şukronalik hissi bilan yaşaş kerak. Ajdodlarimizni e’zozlaş, xalqni rozi qiliş böyiça savob işlarni köp qilsak, Xudo doimo yölimizni oçib beradi, – degan prezident.
















