Rossiya arxivlari tadqiqotçilarga reabilitatsiya qilingan siyosiy qatağon qurbonlarining işlarini taqdim etişni töxtatdi, deb yozadi 6 oktyabr, duşanba kuni «Kommersant» gazetasi. Tarixçilarning taxminiga köra, bu Rosarxivning mart oyida çiqarilgan «tarqatiş çeklangan rasmiy ma’lumotlar» yopiq röyxatiga hujjatlarni qöşiş tartibini belgilovçi 38-son buyruği bilan boğliq.
«Rosarxiv «siyosiy qatağon qurbonlari haqidagi ma’lumotlarni öz içiga olgan arxiv hujjatlari töğrisidagi» ma’lumotlar «Faqat rasmiy foydalaniş uçun» deb qayta tasniflanganini tasdiqladi. Şu bilan birga, idora röyxat uçun mas’ul komissiya siyosiy qatağon qurbonlari masalasini hali «körib çiqmaganini» ma’lum qildi», — deyiladi naşrda.
Yekaterinburglik tarixçi Oleg Novoselovning sözlariga köra, Sverdlovsk viloyati davlat ma’muriy organlari arxivi (GAAOSO) unga Rosarxivning qatağon qilinganlarning işlarini çiqarmaslik haqidagi buyruği mart oyida çiqarilganligini tuşuntirdi.
Novoselovning rad etiş «Arxiv işi töğrisida»gi federal qonunga zid ekanligi haqidagi sözlariga javoban GAAOSO xodimlari «ular heç narsa qila olmasligi, çunki qarindoşlikni tasdiqlovçi hujjatsiz işlarni çiqarmaslik böyiça körsatmalar bor», deb javob berdi, deya yozadi «Kommersant».
«Rossiya Federatsiyasida arxiv işi töğrisida»gi 125-sonli federal qonunga binoan, fuqaroning şaxsiy va oilaviy sirlari, şaxsiy hayoti yoki xavfsizligiga tahdid soladigan ma’lumotlar töğrisidagi axborotni öz içiga olgan arxiv hujjatlariga kirişni çeklaş körsatilgan hujjatlar yaratilgan kundan boşlab 75 yil davomida belgilanadi. Uşbu muddatdan keyin çeklovlar olib taşlanadi.









