Marosimda Prezident Şavkat Mirziyoyev iştirok etdi. Vatan fidoyilari haqiga Qur’on tilovat qilindi. Elga oş tortildi.

Xiyobondagi ramziy qabr yonida ham Qur’on tilovat qilindi. Şu yerda ulamo va ziyolilar bilan tarixni örganiş va yoşlarga örgatiş, mustaqillik va tinçlikni qadrlaş haqida muloqot böldi.


– Har yili Mustaqillik bayrami arafasida Vatan ozodligi yölida jon fido etgan ota-bobolarimiz haqlariga duo qilamiz. Vatan uçun, millat uçun, xalq uçun kuraşgan qahramon ajdodlarimiz jasorati biz uçun doimo ibrat maktabi bölib qoladi, – dedi davlat rahbari.
Ma’lumki, öşa maş’um yillarda 100 mingdan ziyod begunoh vatandoş qatağon qilingan. Minglab yurtdoşlar “xalq duşmani” degan nohaq ayblov bilan otib taşlangan, undan ham köpi surgun qilingan. Ularning ortidan minglab ayollar beva, bolalar yetim bölib qolgan. Oradan qariyb bir asr ötgan bölsa-da, öşa mudhiş davrni çuqur iztirob bilan esga olamiz.

Bular bugungi erkin hayotni yanada qadrlaşga, mustaqillikni mustahkamlaşga undaşi ta’kidlandi.
– Vatanimiz fidoyilarini uluğlaş, xotirasini abadiylaştiriş böyiça köp işlar qilyapmiz, – dedi Şavkat Mirziyoyev. – Sönggi sakkiz yilda 1 ming 200 dan ziyod jafokaş bobolarimiz nomi oqlandi. “Qatağon qurbonlari xotirasi” muzeyi rekonstruksiya qilinib, minglab yangi hujjatlar bilan töldirildi. Hududlarda ham şunday muzeylar taşkil etildi. Bu yil jadidçilik harakatining yölboşçisi Mahmudxöja Behbudiy tavalludining 150 yilligini nişonlayapmiz. Buxoro şahrida Jadidlar merosi davlat muzeyi taşkil qilinmoqda.

Endi bularning mazmunini, “tirik” tariximizni xalqimizga kengroq yetkaziş kerak.
Mana, ötgan yildan e’tiboran, har yili oktyabrning birinçi haftasini Siyosiy qatağon qurbonlarini yod etiş haftaligi sifatida belgiladik. Bu yil uşbu tadbir Xotira va tarbiya haftaligi sifatida ötkaziladi. Xöş, bu haftalikda xalqimizga nimalarni yetkazamiz, yoşlarimizga nimani örgatamiz? Tarixçi olimlar, yozuvçi-şoirlar bilan birga buni çuqurroq öylab, xalqçil, ommabop qilib yölga qöyiş kerak. Maktab va universitetlarda qöşimça darslar, telekanallarda maxsus körsatuvlar beriş, yoşlar örtasida tanlovlar ötkaziş mumkin. Mustaqillik qanday buyuk ne’mat ekanini, qanday kuçli ajdodlarimiz borligini elning qon-qoniga singdiriş kerak. Agar yoşlarimiz ruhan kuçli bölsa, öz oldiga katta maqsadlar qöyadi, fanlarni ham yaxşi örganadi, yetuk şaxslar bölib yetişadi.














