Kun.uz “Tarixdan hikoyalar” ruknida bu gal Alixontöra Soğuniyning hayot yöli haqida hikoya qiladi.

Bolalik davri

Alixontöra Soğuniy 1885 yilda Turkiston ölkasining Töqmoq şahrida dehqonçilik bilan şuğullanuvçi özbek oilasida tuğilgan. Bu şahar hozirgi Qirğiziston hududida joylaşgan. Alixontöra özining adabiy taxallusini ona şahrining qadimiy nomi Bolasoğun bilan boğlagan. Otasi Şokirxontöra davrining öqimişli kişilaridan bölgan. U öğlining ilm olişiga alohida e’tibor qaratadi. Alixontöra avvaliga Buxoro şahridagi “Mir Arab” madrasasida, keyinçalik esa Madinadagi dorulfununlardan birida tahsil oladi. Tabiatan zakovatli, ziyrak, yangilikka öç bölgan yoş Alixontöra Turkistonga qaytib kelganidan keyin yurtdagi ijtimoiy-siyosiy jarayonlarga faol tarzda aralaşa boşlaydi.

Birinçi jahon uruşi davom etayotgan bir pallada Turkiston xalqi front ortidagi xizmatlar uçun mardikorlikka olina boşlaydi. Mustabid bosqinçilarning olib borayotgan siyosatiga qarşi çiqqani uçun bölajak siyosatçi rus podşohining maxfiy politsiyasi nazoratiga tuşib qoladi.

1916 yili xalq qözğoloni şafqatsizlarça bostirilgaç, qirğinbarot va zörlik avj olib, bosqinçilar erkin fikrli ziyoli kişilarni vahşiylarça qirib, qamay boşlaydi. Şundan keyin Alixontöra mamlakatda qoliş xavfliligini sezib, Xitoy nazoratidagi Qaşqar şahriga ketişga majbur böladi. Keyinroq Şarqiy Turkistonning boşqa bir yirik şahri Ğuljaga boradi.

Şarqiy Turkiston jumhuriyatining tuzilişi

Şarqiy Turkiston hududida tarixan uyğurlar va kam sonli boşqa millatlar: qozoqlar, qirğizlar, tojiklar va özbeklar istiqomat qilib kelişgan. XVI-XVII asrlarda bu hududda Uyğur xonligi, ya’ni Yarkent davlati bölgan. 1759 yilda öşa paytda Xitoyda hukmronlik qilayotgan Qing sulolasi Şarqiy Turkistonni bosib olib, hududni mustamlakaga aylantiradi. Uzoq davom etgan qarşilik harakatlari natijasida 1864 yili Manjur-Xitoy qöşinlari quvib çiqarilgan va uyğurlar “Yettişahar” nomi bilan yangi mustaqil davlatini tiklagan. Lekin bu mustaqillik uzoq davom etmaydi. 1876 yilda Xitoy qöşinlari yana bostirib kirişdi. 8 yillik qonli uruşdan keyin Şarqiy Turkiston hududi Xitoy tarkibiga qayta qöşib olinadi va bu yerlarga “yangi çegara” ma’nosini anglatuvçi Sinsyan yoki Şinjon nomi beriladi.