Xitoy Kommunistik partiyasining tartib-intizomni tekşiriş böyiça Markaziy komissiyasi Xitoy davlat energetika boşqarmasi rahbari Nur Bekriga nisbatan suriştiruv boşladi, deb xabar bermoqda OAV.
Ehtimoliy qonunbuziliş holatlari haqida ma'lumotlar keltirilmayapti. Faqatgina gap «partiya intizomini jiddiy buziş» haqida ketayotgani aytiladi. Xitoyda bu korrupsiya bilan boğliq jinoyat ekanligini anglatadi.
OAV ma'lumotlariga köra, Nur Bekri millati böyiça uyğur bölib, mamlakat şimoli-ğarbidagi Şinjon-Uyğur muxtor tumanida tuğilgan. U 57 yoşda. Davlat energetika boşqarmasi rahbari lavozimidan taşqari, Davlat taraqqiyot va islohotlar qömitasi rahbarining örinbosari lavozimida ham faoliyat yuritadi.
Eslatib ötamiz, avvalroq Xitoyda uyğurlar uçun «qayta tarbiyalaş lagerlari» borligi ma'lum qilingandi.












