Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qashqadaryoda paxta to‘qimachilik klasterlari 3 mlrd so‘mdan ortiq asossiz daromad olgan
Qashqadaryoda 2 ta paxta to‘qimachilik klasteri 3,2 mlrd so‘m asossiz daromad olgan. Ushbu tashkilotlar tomonidan 8 ming tonnadan ortiq mahsulot birja savdolariga chiqarilmasdan, to‘g‘ridan to‘g‘ri shartnomalar asosida sotilgan.
Qashqadaryoda 2 ta paxta to‘qimachilik klasteri tomonidan 3 mlrd so‘mdan ortiq asossiz daromad olingan. Bu haqda Raqobat qo‘mitasi xabar berdi.
Qayd etilishicha, qo‘mita tomonidan yuqori likvidli va monopol turdagi mahsulotlarni birja savdolari orqali sotuvchi klasterlar tomonidan ushbu turdagi mahsulotlarni birja savdolariga qo‘yilishi va birja savdolarida narxlar sun’iy oshishining oldini olish bo‘yicha nazorat o‘rnatilgan.
Xususan, monitoring kuzatuvlari davomida Qashqadaryo viloyatida «Chiroqchi-klaster» MChJ va «Kitob ip yigiruv» AJlar tomonidan quyidagi qonun buzilishi holatlari aniqlangan:
- umumiy 8 ming 310 tonna mahsulot birja savdolariga chiqarilmasdan, to‘g‘ridan to‘g‘ri shartnomalar asosida sotilgan;
- jadvallarda nazarda tutilgan muddatlarda birjaga mahsulot qo‘yilmagan yoki kam hajmda yoxud muvofiq bo‘lmagan hajmda qo‘yilgan;
- mahsulotlar jadvallarda belgilangan muddatda birjaning rasmiy veb-saytiga joylashtirilmagan;
- birja savdolarini o‘tkazish chog‘ida raqobatni cheklaydigan yoki cheklashga olib kelishi mumkin bo‘lgan harakatlar aniqlangan.
Buning natijasida korxonalar jami 3,2 mlrd so‘m asossiz daromad olgan.
Mazkur holatlar bo‘yicha «Raqobat to‘g‘risida»gi qonun talablari buzilishi alomatlari bilan klasterlarga nisbatan qo‘mita tomonidan tegishli tartibda ish qo‘zg‘atilgan. Ortiqcha olingan mablag‘ni ixtiyoriy ravishda qaytarish va qonun buzilishini bartaraf etish maqsadida bajarilishi majburiy bo‘lgan ko‘rsatmalar berilgan.
Tavsiya etamiz
Urushga tayyor Jo‘laniy, taksidagi Pizishkiyon – hafta dayjesti
Jahon | 12:00 / 20.07.2025
Lyov yoki Kapadze. Milliy jamoa boshqaruvida o‘zgarish qilish kerakmi?
Sport | 11:30 / 20.07.2025
Odamlar eng tez va sekin qariydigan mamlakatlar aniqlandi
Jahon | 21:57 / 17.07.2025
Jinoyat olamida bunaqasi kam uchraydi: yashirin ustaxona va g‘oyib bo‘lgan 276 ta mashina
Jamiyat | 13:40 / 16.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Aliyev: «Qorabog‘ni tiklashda ilk sovg‘ani O‘zbekiston bergan»
Jahon | 00:57
-
Dang‘arada Tojikiston bilan birgalikda 10 million dollarlik sim zavodi qurilmoqda
Iqtisodiyot | 21:25 / 20.07.2025
-
Ukraina Rossiyaga muzokaralarning yangi raundini o‘tkazishni taklif qildi
Jahon | 20:47 / 20.07.2025
-
Ilhom Aliyev Ukrainani hech qanaqasiga «okkupatsiyaga rozi bo‘lmaslik»ka chaqirdi
Jahon | 20:19 / 20.07.2025
Mavzuga oid

21:56 / 19.07.2025
Klasterlarning fermerlar oldida juda katta qarzdorligi bor - Qudbiyev

15:59 / 16.07.2025
Qashqadaryodagi gaz zapravkasida katta yong‘in chiqdi

20:48 / 12.07.2025
Taxtaqoracha dovonida pulli tunnel quriladi

16:10 / 01.07.2025