Töraqörğon tumanidagi “Namangan qöyçilik klasteri” loyihasi uç bosqiçda amalga oşirilmoqda. Umumiy maydoni 10 gektar bölgan hududda taşkil etilayotgan majmua Özbekiston prezidentining çorvaçilik tarmoğini qöllab-quvvatlaşga qaratilgan qarori asosida hayotga tatbiq etilmoqda.

Loyihaning birinçi bosqiçida xorijdan 15 ming boş nasldor qöy olib kelingan bölsa, keyingi bosqiçlarda ular sonini yana 35 ming boşga oşiriş rejalaştirilgan. Klasterda yuqori mahsuldorlikka ega “Araşan”, “Hisor” va “Adelbay” zotlarini mahalliy şaroitga moslaştiriş işlari olib borilmoqda.

Zamonaviy parvariş texnologiyalari va ilmiy yondaşuvlar asosida qöylarni intensiv usulda boqiş yölga qöyilgan. Bu esa göşt yetiştiriş samaradorligini sezilarli darajada oşiriş imkonini beradi. Loyiha töliq quvvat bilan işga tuşgaç, viloyatda yiliga 35-40 ming tonna sifatli göşt mahsulotlari işlab çiqarilişi kutilmoqda.

Klaster doirasida 280 ta yangi doimiy iş örni yaratiladi. Şuningdek, 95 ta kambağal oilaning bandligi ta’minlanadi. Majmua huzurida logistika, veterinariya, servis va mahsulotlarni töğridan töğri sotiş infratuzilmalari ham taşkil etiladi.

Prezident loyiha bilan tanişar ekan, uning çorvaçilik tarmoğini rivojlantiriş, içki bozorni sifatli göşt mahsulotlari bilan ta’minlaş va aholi daromadlarini oşirişdagi ahamiyatini ta’kidlab, mazkur tajribani keng joriy etiş böyiça topşiriqlar berdi.