Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston va Britaniya futbol sohasida o‘zaro aloqalarni o‘rnatish imkonini muhokama qilmoqda
O‘zbekiston elchisi Ravshan Usmonov Angliyaning Aston Villa futbol klubining biznesni rivojlantirish masalalari bo‘yicha prezidenti Kris Xek bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Kris Xek Aston Villa futbol klubi O‘zbekistonda futbolni yanada rivojlantirish bo‘yicha yaqin hamkorlikdan manfaatdor ekanini ta’kidladi.
Uchrashuv yakunida Aston Villa futbol klubi bilan birgalikda kelgusida qo‘shma sport tadbirlarni o‘tkazish bo‘yicha kelishuvga erishildi.
1874 yilda Britaniyaning Birmingem shahrida tashkil etilgan Aston Villa jahon futbolining tarixiy va nufuzli klublaridan biri sifatida e’tirof etiladi. Aston Villa Futbol ligasi asoschilaridan biri bo‘lgan. Klub 7 marta Angliya chempionligini (o‘sha vaqtdagi Birinchi divizion), 7 marta Angliya kubogini (FA Cup) va 5 marta Angliya Liga Kubogini qo‘lga kiritgan. Klub o‘z uy uchrashuvlarini 42 mingdan ortiq tomoshabinni o‘z bag‘riga sig‘diradigan "Villa Park" stadionida o‘tkazadi.
Mavzuga oid
10:15 / 06.07.2026
Britaniya davlat xizmatchilari akkauntlari hakerlik hujumiga uchradi
19:00 / 29.06.2026
Enso Mareska "Manchester Siti"ga bosh murabbiy etib tayinlandi
17:53 / 23.06.2026
Prezident “Navbahor” futbol klubining akademiyasida bo‘ldi
20:35 / 16.06.2026