Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Germaniya iyulda Rossiyaga eksport hajmini keskin oshirdi
Germaniyadan Rossiyaga tovarlar importi iyul oyida iyun oyiga nisbatan 18,9 foizga oshdi. Rossiya Federatsiyasidan import 6,5 foizga kamaydi.
Foto: Yuriy Smityuk / TASS
Germaniya iyul oyida Rossiyaga mahsulot eksportini avvalgi oyga nisbatan 18,9 foizga oshirib, 705,5 million yevroga yetkazdi. Bu haqda 6 sentabr, juma kuni Visbadendagi Federal statistika idorasi (Destatis) ma’lum qildi.
Shu bilan birga, iyul oyida Rossiya Federatsiyasiga eksport o‘tgan yilga nisbatan 6,5 foizga kam bo‘lgan, o‘shanda u Rossiyaning Ukrainaga harbiy hujumi natijasida juda past darajada edi.
Rossiya tovarlarining Germaniyaga importi oxirgi oyda iyunga nisbatan 6,5 foizga - 147,3 million yevroga, 2023 yil iyuliga nisbatan esa 37,5 foizga kamaydi.
Dastlabki yetti oyda Germaniya Rossiya bozoriga mahsulot eksportini 2023 yilning shu davriga nisbatan 22,4 foizga kamaytirdi. Yanvar-iyul oylarida import 56 foizga kamaydi.
Eksport va import umumiy hajmi o‘sdi
Germaniya eksportining umumiy hajmi, taqvim va mavsumiy omillarni hisobga olgan holda, iyul oyida o‘tgan oyga nisbatan 1,7 foizga o‘sib, 130 milliard yevroga etdi. Import hajmi 5,4 foizga oshib, 113,2 milliard yevroga yetdi.
2023 yilning iyuliga nisbatan eksport 1,2 foizga, import esa 0,1 foizga kamaydi.
Mavzuga oid
12:29 / 23.01.2026
2025 yilda O‘zbekiston mahsulotlari 75 ta davlatga eksport qilingan
13:16 / 21.01.2026
O‘zbekiston guruch eksportida Qozog‘iston birinchi o‘rinda
12:10 / 20.01.2026
Shokolad mahsulotlari eksporti qariyb 30 foizga oshdi
10:32 / 20.01.2026