Yozda INEOS rahbari va «Mançester Yunayted» aksiyalarining bir qismi egasi — Ser Jim Retkliff «qizil iblislar» postidagi ilk yozgi transferlar oynasini ötkazdi. Britaniyalik işbilarmon öz va’dasi böyiça jamoani kuçaytiriş va öz darajasiga qaytariş uçun ayamay investitsiya qilmoqda. Evaziga bitta minimal hisobdagi ğalaba, 2ta mağlubiyat, yangi murabbiyi atigi 3-uçraşuvini ötkazayotgan azaliy raqibi qarşisidagi ojizlikni oldi. Ten Hag esa mana 3-mavsumi startida hamki natija emas, qandaydir statistikalarni kötarib matbuot oldiga çiqmoqda.
Mavsum avvalidagi örtoqlik uçraşuvlaridagi natijalar haqida gapirar ekan, Erik Ten Hag öz natijalariga ança ijobiy baho bergandi: «2 yilda 2ta titul — yomon emas. 2 mavsumda 3ta final — yomon emas. Agar ular (rahbariyat) meni xohlamasalar, men boşqa klubga borib, kuboklar yutişda davom etaman. Bu — mening odatim». Yaxşi tayyorlangan gaplar, töğrimi? Sizni öylantirib qöyişi turgan gap. Xuddi şunday fikrlardan birini niderlandiyalik mutaxassis Edinburgdagi «Reyndjers»ga qarşi bellaşuvdan keyin aytgandi: «Siti»dan keyin sönggi ikki yilda eng köp titul yutgan klubmiz». Ajoyib argument, lekin bu «Mançester Yunayted»ni Angliyaning ikkinçi klubiga aylantirib qöyadimi? Şaxsan, bunday deb öylamayman.
Iyul oyida Ten Hag bilan yangi şartnoma imzolanar ekan, Retkliff «murabbiy «Yunayted»dagi muammolarning asosiy sababi emas»ligini aytib ötgandi. Lekin şunday bir statistika ham borki, Erikkaça «Mançester Yunayted»ning heç bir murabbiyi ketma-ket 2 mavsumda dastlabki 3 turning 2tasida mağlub bölmagan. Yozda 206 million funt-sterling işlatgan murabbiyga «Ayaks»dagi omadli mavsumda Çempionlar Ligasi yarimfinaliga olib çiqqan tarkibi deyarli yiğib berildi hamki, natijadan darak yöq. Taxminimça, unga özi xohlagan futbolçilar orasida birgina Frenki De Yong bilan şartnoma imzolaş nasib etmadi, xolos.
Maykl Kerrik faoliyatini yakunlaganidan beri «qizil iblislar»da surunkali muammoga aylangan tayanç yarimhimoyasi «Real» bilan butun boşli epoxa yaratgan Kazemiro bilan ham hal bölmadi. Aksinça, braziliyalik futbolçining özidan heç kutilmagan xatolar kuzatila boşlandi. Xususan, «Liverpul»ga qarşi uçraşuvda birinçi taymdagi ikkita yoş bolalarça xatolar bilan mersisaydliklarning ikkala goliga ham sababçi bölib qoldi va Ten Hag uni tanaffusdayoq almaştirdi. Lekin bu bilan biz uni «Old Trafford»dagi 90 daqiqalik «qörqinçli tuş»ning tölaqonli aybdori, deya olmaymiz. Xato juda köp futbolçilarda kuzatildi. Jumladan, Brunu Fernandeş bir neçta epizodlarda töpni juda oson boy berdi, Joşua Zirkzening mavsum oldidan maqtalgan birinçi teginişi uşbu bellaşuvda pand berdi va bir neçta potensial katta hujumlarning boşlanmay tugaşiga sabab böldi. Markus Reşfordning Ten Hag jamoasida nima uçun bu qadar kafolatlangan boşlanğiç tarkib örniga ega ekanligini faqat niderland mutaxassisining özi bilsa kerak. Hatto akademiyadan yetişib çiqqan va muxlislarga najotdek körinayotgan Kobbi Meynuning Aleksis MakAllisterga maydon markazida oçiqçasiga töpni oldirib qöyişi va bu mersisaydliklarning 3-goliga olib kelişi dard ustiga çipqon böldi. Yuqorida individual xatolar haqida gaplaşdik va ularning bari jamlanib, bizni Erik Ten Hag ismi tomon qaytarib olib boradi.













