«Sporting»da 4 mavsum işlab, 2 bor Portugaliya çempionligiga erişa olgan Ruben Amorim, asosan, öyinni töp nazorati, himoya uçligi bilan yuqori zonalarda öynovçi himoya çiziğini taşkil qiliş va intensiv pressing ustiga quradi. Lekin u qayergadir emas, «Old Trafford»ga kelyapti va 11 noyabrdan yangi jamoasini «Ipsviç»ga qarşi debyut bellaşuviga tayyorlaşni boşlaydi. Xöş, u qaraşlarini «qizil iblislar» tarkibiga qanday singdirişga urinadi?

Himoya uçligi: Martinezning ahamiyati

Amorim «Sporting»da ötkazgan 188 uçraşuvida voz keçmagani himoya markazida 3 nafar himoyaçi bilan öynaşni «Mançester Yunayted»ga ham tatbiq etişga urinişini kutiş mantiqli böladi. Opta ma’lumotlariga köra, u asosan 3-4-2-1 sxemasida öynagan. Bundan taşqari, uning faoliyatida 3-4-3 va 3-5-2 sxemalari ham kuzatilgan.

Bu uslubga könikiş uzoq vaqtdan beri Erik ten Hagning 4-2-3-1 sxemasida öynab kelgan futbolçilardan biroz vaqt talab etişi aniq. Niderlandiyalik mutaxassis qöl ostida mançesterliklar birorta bahsni himoya uçligi bilan boşlamadi (Opta). Bu uçlikning markazi bölişga Matteys de Ligt asosiy nomzod hisoblanadi. Jismoniy körsatkiçlari va bu pozitsiyadagi tajribasi uni uşbu maqom uçun favoritga aylantiradi. Lisandro Martinez va jarohatdagi Leni Yoro uning ikkala tarafidan örin olişi mumkin. Leni Yoro hanuz APL imtihonidan ötgani yöq, biroq uning iqtidoriga şubha yöq. Ayniqsa, mavsumoldi yiğinida jarohat olib safdan çiqqan fransuzning jamoaga moslaşib ketişi uçun ham orqa çiziqda uni suğurtalaşi mumkin bölgan yana ikki himoyaçi bölişi foydali böladi.

Uçlikning çap tarafini katta ehtimol bilan Lisandro Martinez egallaydi. Garçi u ten Hag qöl ostida eng yaxşi öyin körsata olganlardan bölsa-da, juda köp epizodlarda himoyada kömak yetişmasligidan aziyat çekkandi. Yangi uslubda esa unga «Sporting»da Gonsalo Inasio bajargan rol yuklanişi mumkin. Çunki uning oyoq bilan öynay oliş qobiliyati Inasionikidan qolişmaydi.

Ruben Amorim sobiq klubida Inasioga töp bilan eng köp marta işlaş imkoniyatini bergan va uning har 90 daqiqa hisobiga amalga oşiradigan örtaça 95,9 ta aniq uzatmalari Portugaliya primeyrasidagi eng yaxşi körsatkiç hisoblanadi. Inasiodan payt poylagan holda yarimhimoyaçilar va hujumdagilarga keskin uzatmalar amalga oşiriş talab qilinardi va bu vazifa «Yunayted» himoyasida faqatgina Liçaga işonib topşirilişi mumkin.

Second Spectrum statistik ma’lumotlar portali taqdim etgan raqamlarga köra, uning mavsum avvalidan beri 746 marta himoyalanayotgan futbolçilarni ortda qoldirişi (uzatma orqali) «qizil iblislar» tarkibidagi istalgan himoyaçining natijasidan 54 foizga yaxşiroq. Ya’ni Amorimsiz ham Martinez jamoaning bild-ap (build-up — paslar orqali raqib bosimini yorib ötiş) tizimida asosiy murvat vazifasini bajargan.