«Mançester Yunayted»ning yangi boş murabbiyi Ruben Amorim klub boşqaruviga kelganidan keyingi birinçi intervyusini «qizil iblislar» YouTube sahifasi uçun berdi va unda portugaliyalik mutaxassis katta jamoani boşqariş oldidan keçirayotgan hissiyotlari haqida gapirgan.

— Xuş kelibsan, Ruben. Bu savol eng osoni bölsa kerak: nega «Mançester Yunayted»ga qöşilding?

— Birinçi navbatda men özimda klub bilan boğliqlikni his qildim. Klub deganimda köpçilik uning birlik sifatidagi siymosini köz oldiga keltirgan bölsa kerak. Yöq, avvalo, men unda işlayotgan insonlar bilan boğliqlikni tuydim va bu men uçun juda muhim. Boisi, men özim yoqtiradigan odamlar bilan işlaşni yoqtiraman. Ikkinçi sabab — klubning boy tarixi. Bu yerda hamma ğalabalarga taşna. Bunday klubda böliş orqali sen qandaydir alohida voqealarning bir qismiga aylana olasan va bu mening tanlovimdagi asosiy sabablardan biri. Men şunçaki qaysidir klubning navbatdagi murabbiyi bölişni yoqtirmayman, Mançesterda ham oddiy murabbiylar işlamaydi. Yana bir sabab, albatta, muxlislar. Portugaliyada ham media juda yaxşi işlaydi, biroq bu yerdagi bilan soliştirib bölmaydi. Mançester muxlislarining klubga nisbatan jonkuyarligi, özini dahldordek sezişi uşbu klubni qolganlardan ajralib turişining asosiy sababidir.

— Sen klubdagi odamlar haqida gapirganda Omar, Den va Jyeysonni nazarda tutdingmi?

— Albatta. Ser Jim va Ser Deyvni ham e’tirof etiş kerak, biroq yuqoridagi 3 inson mening tanlovimda katta rol öynaşdi. Men ular bilan özimda qandaydir boğliqlik his qildim. Menimça, ular bilan öxşaş vaziyatdamiz: heç birimizning kelganimizga köp bölmagan va öziga xos klubda katta natijalarga erişmoqçimiz. Bu bizlarni birlaştirib turuvçi muhim nuqta.

— Kriştianu seni şoir deb ataşi haqida aytişadi, şu rostmi?

— Ha, lekin bu şunçaki hazil sifatida şakllangan narsa. Men gapirganimda yuragimdan sözlayman. Meni taniydiganlar buni yaxşi biladi va bu taxallus şunçaki hazil tariqasida qöyilgan.

— Sen «Old Trafford»da 2 marta öynagansan. Qanday xotiralar qolgan?

— Juda ham yaxşi emas. Çunki men bu yerda ğalaba qozonmaganman, menga ğolib böliş yoqadi. Menga hayotdan zavqlaniş muhim, biroq bunga ğalaba bilan erişişni xohlayman. Muxlislar mening yodimda qolgan. «Braga» bilan kelganimizda 2:0 hisobida yutayotgandik, keyin esa ular işga tuşişgan va öşa öyinni boy berganmiz. Demakki, bu öziga xos stadion.