Apple yangi AirPods quloqchinlarini taqdim qildi
Quloqchinlar yangi funksiyalarga ega bo‘ldi, narxlar 129 dollardan boshlanadi.

Foto: Apple
Apple korporatsiyasi «It’s Glowtime» taqdimoti doirasida yangi AirPods 4 quloqchinini taqdim etdi.
Quloqchinning ikkita versiyasi chiqariladi: birida shovqinni faol bostirish funksiyasi bo‘ladi, ikkinchisida esa yo‘q.
Quloqchinlar dinamiklarning yangi geometrik joylashuvi tufayli yaxshilangan ovozga ega H2 protsessorini oldi. Qurilmada atrofdagi tovushlarni eshitish uchun shaffoflik rejimi mavjud, masalan, shaharda «avariyalar»ning oldini olish uchun. Eshitish vositasining qutisi kichikroq bo‘ldi. Endi odam bilan suhbat davomida musiqa ovozi avtomatik pasaytiriladi, shunda foydalanuvchi musiqani qo‘lda o‘chirishi yoki to‘xtatishi shart bo‘lmaydi.

AirPods 4 quloqchini 20 sentabrda sotuvga chiqariladi, uning narxi shovqinni bostirish funksiyasi bilan 179 dollar va bunday funksiyasiz 129 dollar. Kompaniya, shuningdek, USB-C portiga ega AirPods Max 2 quloqchinini ham taqdim etdi. U 549 dollar narxda sotuvga chiqariladi.

Shuningdek, yangi AirPods Pro quloqni baland shovqindan himoya qiladi - funksiya neyron tarmoqlar yordamida avtomatik ravishda ishlaydi. Quloqchindan foydalanib, eshitish testini o‘tkazish mumkin bo‘ladi, shundan so‘ng foydalanuvchi grafiklar bilan hisobot oladi. Quloqchin eshitish qobiliyatiga moslashadi va foydalanuvchilarning quloqlarini baland tovushlardan himoya qiladi, masalan, konsertda. Taqdimotda kompaniya AirPods Pro narxi va chiqarilish sanasi haqida ma’lumot bermadi.
Mavzuga oid

16:44 / 22.05.2025
Xitoyda o‘g‘irlangan iPhone «qabristoni» topildi

17:55 / 12.05.2025
Apple deyarli butunlay shisha iPhone chiqaradi

17:55 / 23.04.2025
Yevrokomissiya Apple va Meta’ni 700 mln yevro jarimaga tortdi

09:03 / 21.04.2025