Belgiya: chechenistonlik shaxs teraktga tayyorgarlik ko‘rgani uchun 15 yilga qamaldi
Bryugge sudi IShID terrorchilik guruhining to‘rt nafar tarafdoriga hukm chiqardi. Guruh bar, politsiya bo‘limi va NATO binosiga hujumlar rejalashtirgan.

Foto: VRT
Bryugge jinoiy sudi mamlakatda qator teraktlar uyushtirishni rejalashtirgan chechenistonlik shaxslarga hukm chiqardi. Bu haqda 9 sentabr, dushanba kuni Belgiyaning VRT telekanali xabar berdi. Guruh rahbari Abubakar S. 15 yilga, uning rafiqasi esa jinoyatga sheriklikda ayblanib, sakkiz yilga qamaldi. Yana ikki ayblanuvchi, jumladan, rahbarning ukasi shartli qamoq jazosi va jarimaga tortildi. Sud ish bo‘yicha beshinchi ayblanuvchini oqladi. «Sud majlisi chog‘ida Abubakar S. sudyani bir necha marta haqorat qilgan va oxir-oqibat uni kamerasiga qaytarishga to‘g‘ri kelgan», — deyiladi telekanal xabarida.
Tergov shuni ko‘rsatdiki, guruh Antverpenning bir qancha, jumladan yahudiylar yashaydigan mavzelarida, shuningdek, bar, politsiya bo‘limi va NATO binosida hujumlar rejalashtirgan, dedi Bryugge sudi matbuot kotibi Ameli Van Bellegem. Sudda ta’kidlanganidek, ayblanuvchilarning «terrorchilik hujumi uchun juda aniq rejalari» bo‘lgan: xususan, jinoyatchilar qurol saqlash uchun garaj ijaraga olgan, politsiya qo‘ng‘iroqlariga javob berish vaqtini o‘rgangan va hujumlar rejalashtirilgan joylarga tashrif buyurgan. Tergovchilar, shuningdek, Abubakar S.ning IShID terrorchilik guruhiga sodiqlik keltirgani va bomba yig‘ish bo‘yicha ko‘rsatmalari aks etgan videoni ham topdilar.
Belgiyada uch chechenistonlik terakt rejalashtirishda ayblandi
Belgiya hukumati Chechenistonda tug‘ilgan uch fuqaroni qirollik hududida teraktni moliyalash va tayyorlashda aybladi. Belgiya prokuraturasi 26 iyul kuni gumonlanuvchilar IShID terrorchilik guruhining afg‘on bo‘linmasi bo‘lmish «Viloyati Xuroson»ga aloqador ekanliklarini ma’lum qildi.
Belgiyaning to‘qqizta shahri, jumladan Antverpen, Gent va Lejda bir vaqtning o‘zida 14 manzilda o‘tkazilgan keng ko‘lamli aksilterror operatsiyasi davomida chechenistonliklar qo‘lga olindi. Prokuratura ma’lumotlariga ko‘ra, tintuvlar davomida yetti kishi hibsga olingan, ulardan to‘rt nafari so‘roqdan keyin qo‘yib yuborilgan. Hujumning potensial nishoni haqida tafsilotlar oshkor etilmagan.
Avvalroq Germaniya Federal prokuraturasi IShIDni qo‘llab-quvvatlaganlikda gumon qilinib, ikki nafar Rossiya fuqarosi qo‘lga olingani haqida xabar bergan edi. Huquq-tartibot idoralari xodimlarining so‘zlariga ko‘ra, bu shaxslar Germaniya va Yevropa boshqa davlatlarida terrorchilik guruhiga mablag‘ to‘plagan tashkilot a’zolari bo‘lgan.
Yevropa mamlakatlarida 200 mingdan ortiq etnik chechenlar yashaydi - eng katta diasporalar Fransiya, Germaniya va Avstriyada.
Tavsiya etamiz
Bojlarni muzlatgan Tramp, urushdan sillasi qurigan Sudan – hafta dayjesti
Jahon | 12:50 / 13.04.2025
Sirli eshiklar va yashirin yo‘laklar: Toshkent metrosi xavfsiz boshpana bo‘la oladimi?
O‘zbekiston | 10:00 / 12.04.2025
Leapmotor avtomobillarining O‘zbekistonga importi cheklangani yuzasidan izoh berdi
O‘zbekiston | 15:52 / 11.04.2025
“Yaqin kunlarda rekord issiqlik to‘lqini kutilmoqda” – iqlimshunos Erkin Abdulahatov
O‘zbekiston | 13:00 / 10.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
YeI migrantlar qaytarib yuboriladigan yettita xavfsiz mamlakatni aniqlaydi
Jahon | 20:51
-
Poroshenko Zelenskiy ofisini uzurpatsiyada aybladi
Jahon | 20:46
-
Sirdaryo viloyati soliq boshqarmasiga yangi rahbar tayinlandi
O‘zbekiston | 20:45
-
15 aprel yangiliklari: O‘zbekistonda ro‘y bergan muhim voqea va hodisalar
O‘zbekiston | 20:43
Mavzuga oid

19:23 / 14.04.2025
Yetti yildan beri qidiruvda bo‘lgan hindistonlik milliarder Belgiyada hibsga olindi

16:59 / 14.04.2025
«Krokus» teraktida ayblanayotgan tojikistonliklar aqli raso deb topildi

14:15 / 09.04.2025
Belgiya Ukrainaga milliard yevro va F-16 qiruvchilarini beradi

12:03 / 03.04.2025