Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
SpaceX birinchi shaxsiy tadqiqot missiyasini uchirdi. Noprofessional astronavtlar ochiq kosmosga chiqadi
Tijoriy missiya tarkibidan Polaris missiyasini SpaceX kompaniyasi bilan birgalikda moliyalashtirgan milliarder Jared Ayzekman va AQSh Harbiy-havo kuchlarining iste’fodagi podpolkovnigi Skott Potit o‘rin olgan.
SpaceX kompaniyasi bortida oddiy fuqarolardan iborat ekipaj bo‘lgan Polaris Daws tijoriy missiyasini uchirdi.
Crew Dragon missiyasi besh kun davom etadi. Uning tarkibidan Polaris missiyasini SpaceX kompaniyasi bilan birgalikda moliyalashtirgan milliarder Jared Ayzekman va AQSh Harbiy-havo kuchlarining iste’fodagi podpolkovnigi Skott Potit o‘rin olgan.
Shuningdek, havo kemasining bortida SpaceX’ning ikki xodimi ham bor: kosmik operatsiyalar bo‘yicha yetakchi muhandis Anna Menon va astronavtlarni tayyorlashni nazorat qiluvchi muhandis Sara Jillis.
Missiya doirasida noprofessional astronavtlarning ochiq kosmosga ilk chiqishi rejalashtirilgan (u missiyaning uchinchi kunida — 12 sentabrda amalga oshiriladi). Shuningdek, Polaris Dawn missiyasi bundan 50 yildan ortiqroq vaqt oldin NASA Oyga qo‘nganidan beri amalga oshiriladigan eng uzoq parvoz bo‘ladi.
Polaris Dawn’ning uchirilishi avvaliga 28 avgustga rejalashtirilgan edi, ammo texnik sabablarga ko‘ra u bir necha bor kechiktirildi.
Bir necha kun oldin SpaceX asoschisi Ilon Mask kompaniya ikki yil ichida Marsga Starship kosmik kemasini uchirishni rejalashtirayotgani, sayyoraga birinchi odamning parvozi to‘rt yil ichida amalga oshishi mumkinligini ma’lum qilgandi.
Mavzuga oid
10:00 / 11.07.2026
Dalalarda yong‘inlar kosmosdan kuzatilmoqda
17:31 / 10.07.2026
Xitoy muvaffaqiyatli raketa parvozidan keyin uning busterini qaytarib oldi
21:30 / 07.07.2026
SpaceX investorlarga yupqa smartfon prototipini namoyish etdi
18:28 / 24.06.2026