Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi hamda uning hududiy boşqarmalari Kosmik tadqiqotlar va texnologiyalar agentligi bilan hamkorlikda buğdoydan böşagan yerlarni yoqiş bilan boğliq huquqbuzarliklarga qarşi kuçaytirilgan nazorat olib bormoqda.
Ma’lum qilinişiça, huquqbuzarliklar aerokosmik ma’lumotlar asosida aniqlanib, ular yuzasidan tezkor çoralar körilmoqda.

Buğdoy örib olingan dalalarda yonğinlarning oldini oliş maqsadida hududiy boşqarmalar tomonidan 7 760 ta fermer xöjaligiga ogohlantiriş xatlari tarqatilgan.
Nazorat tadbirlari davomida «Özbekkosmos» agentligi tomonidan kosmik suratlarni tahlil qiliş orqali buğdoydan böşagan 744 ta yer maydonida yonğin holati qayd etilgan. Har bir holat davlat ekologik inspektorlari tomonidan joyiga çiqqan holda örganilgan.
Natijada 172 nafar huquqbuzarga nisbatan jami 212,5 million söm ma’muriy jarima qöllangan. Şuningdek, atrof-muhitga yetkazilgan zarar 652,3 million söm miqdorida baholangan.

Bundan taşqari, anğiz, xazon, şox-şabba va boşqa ösimlik qoldiqlari hamda quriliş çiqindilarini yoqiş bilan boğliq holatlar yuzasidan ötkazilgan nazoratlar davomida joriy yil boşidan buyon 9 821 ta huquqbuzarlik aniqlanib, tegişli tartibda ma’muriy bayonnomalar rasmiylaştirilgan.

Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi fermer xöjaliklari va aholidan buğdoydan böşagan yer maydonlarida somonpoyalarni yoqmaslik, atrof-muhitga zarar yetkazuvçi bunday holatlarga yöl qöymaslikni söradi.
Qömita har qanday ekologik huquqbuzarlik uçun qonunçilikda belgilangan javobgarlik çoralari qöllanişini eslatdi.

















