Yevropa Ittifoqi Tesla va Xitoyda ishlab chiqarilgan elektomobillar uchun bojlarni kamaytiradi
Shu bilan birga, Yevroittifoq bilan hamkorlik qilishdan bosh tortgan SAIC hamda boshqa kompaniyalar mahsulotlari uchun joriy etilgan 35,3 foizli stavka o‘zgarishsiz qoladi.
Yevrokomissiya XXR bilan yuzaga kelgan nohaq raqobat mojarosi doirasida Tesla tomonidan Xitoyda ishlab chiqarilgan elektromobillar hamda bir qancha xitoylik ishlab chiqaruvchilarning elektromobillari uchun antidemping bojlari miqdorini kamaytiradi.
Tesla uchun mo‘ljallangan himoya boji 9 foizdan 7,8 foizga, Xitoyning Geely kompaniyasi uchun esa 19,3 foizdan 18,8 foizga tushiriladi.
Shu bilan birga, BYD avtomobilsozlik kompaniyasi uchun belgilangan 17 foizli stavka saqlab qolinadi, Yevropa Ittifoqi bilan hamkorlik qilishdan bosh tortgan SAIC hamda boshqa kompaniyalar mahsulotlari uchun joriy etilgan 35,3 foizli stavka ham o‘zgarishsiz qoladi. Mazkur bojlar Yevropa Ittifoqiga avtomobillarni olib kirishda undiriladigan odatdagi 10 foizli bojlarga qo‘shimcha hisoblanadi.
Shu bilan birga, XXR Yevrokomissiya bilan savdo va iqtisodiy mojarolarni tartibga solish hamda Xitoyda ishlab chiqarilgan elektromobillar uchun bojlarni kamaytirish bo‘yicha muzokaralar o‘tkazishga tayyorligini tasdiqladi.
«Xitoy har ikki tomonning ham manfaatlariga javob beradigan va Jahon savdo tashkiloti qoidalariga mos keluvchi qarorga kelishda Yevropa tomoni bilan yaqindan hamkorlikni davom ettirishga tayyor», — deyiladi Savdo vazirligi xabarida.
O‘tgan hafta Xitoy savdo tarangligini yumshatish istagini bildirib, Yevropa Ittifoqi tomonidan ishlab chiqarilgan brendlarga antidemping choralarini qo‘llashdan bosh tortishi mumkinligini ma’lum qilgandi.
Xitoyda ishlab chiqarilgan elektromobillarga qo‘llaniladigan bojlar bo‘yicha yakuniy qaror Yevropa Ittifoqining barcha 27 ta davlati tomonidan birgalikda qabul qilinishi kerak.
Avgust oxirlarida AQSh ortidan Kanada ham Xitoyda ishlab chiqarilgan elektromobillar importiga 100 foizlik boj to‘lovi belgilanishini e’lon qilgani to‘g‘risida xabar berilgandi. Bundan tashqari Xitoy po‘lati va alyuminiysiga 25 foiz boj joriy etish rejalashtirilgan.
Tavsiya etamiz
“Chorsu” mehmonxonasini buzish boshlandi. Bunga qancha vaqt ketadi?
O‘zbekiston | 19:03 / 18.01.2025
“Gullayotgan” avtofiribgarlik, sohadagi kuchli proteksionizm oqibati – mutaxassislar bilan suhbat
O‘zbekiston | 09:58 / 18.01.2025
Ijtimoiy kartalarni tarqatish boshlandi. U qanaqa karta va kimlarga beriladi?
O‘zbekiston | 23:36 / 17.01.2025
Isroil HAMAS bilan kelishuv matnini e’lon qildi
Jahon | 22:06 / 17.01.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Ochiqlik talablarini bajarmagani uchun 2024 yilda 5 nafar mansabdor javobgarlikka tortildi
O‘zbekiston | 18:17
-
Apple bu yil 20 dan ortiq mahsulot chiqarishni rejalashtirmoqda
Fan-texnika | 17:40
-
Xitoyda 35 kishining o‘limiga sababchi bo‘lgan haydovchi qatl etildi
Jahon | 17:36
-
Janubiy Koreya o‘zbekistonlik mehnat migrantlariga kvotalarni kamaytirishi mumkin
Jahon | 17:22
Mavzuga oid
18:47 / 08.01.2025
Tramp mehmonxonasi yonida Cybertruck’ni portlatgan shaxs jinoyatga tayyorgarlik ko‘rishda ChatGPT’dan foydalangan
11:39 / 08.01.2025
Shvetsiyada Tesla’ga qarshi ish tashlash sabab 100 dan ortiq zaryadlash stansiyasi elektr energiyasidan uzib qo‘yildi
23:09 / 06.01.2025
Tesla’ning Xitoydagi yangi megafabrikasi o‘z faoliyatini boshladi
11:35 / 03.01.2025